Pele og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi

Pele og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi

Braziliyalik sobiq futbolchi Pele 29 noyabr kuni kutilmaganda San-Paulu shifoxonasiga yotqizildi. Uning tanasida ko‘plab shish va yurak yetishmovchiligi aniqlangan. Futbolchining qizi uning shifoxonada ekanini tasdiqlagan.

Pele ichaklari, jigari va o‘pkasida o‘smalar paydo bo‘lgani tufayli bir necha oy davomida kimyoterapiya muolajasini olib kelayotgan edi. Biroq uning foydasi bo‘lmagani aytilmoqda. 30 noyabr kuni Pele yana tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim.

Pele 82 yoshda. 2021 yil sentyabr oyida u yo‘g‘on ichakdagi o‘simtani olib tashlash bo‘yicha operasiya qilindi. 2022 yilda esa uchta xavfli o‘sma va siydik yo‘llari infeksiyasini davolash uchun ikki marta shifoxonaga yotqizilgan edi.

Edson Arantes du Nasimentu yoki «Pele» uch marta (1958, 1962, 1970) jahon chempioni bo‘lgan dunyodagi yagona futbolchi, XX asrning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!