Pekinda koronavirus sababli shaharlararo avtobuslar harakati taqiqlandi

Pekinda koronavirus sababli shaharlararo avtobuslar harakati taqiqlandi

Pekin transport departamenti barcha shaharlararo yo‘lovchi tashish xizmatlari to‘xtatilishi to‘g‘risida buyruq chiqardi.

"Profilaktika va epidemiya nazorati talablariga muvofiq, pekin hududlararo yo‘llarida avtomobilda yo‘lovchi tashish butunlay taqiqlanadi", - deb xabar berdi Xitoy markaziy televideniyesi.

2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.

Eslatib o‘tamiz, epidemiya qurbonlari soni 41 nafarga yetgan. Koronavirus 1200dan ortiq bemorda qayd etilgan bo‘lib, ulardan 200dan ortig‘i og‘ir ahvolda qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!