Pekin Xirosimadagi Katta yettilik sammitida Xitoyni “tahqirlash”dan g‘azablandi

Pekin Xirosimadagi Katta yettilik sammitida Xitoyni “tahqirlash”dan g‘azablandi

Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sun Veydun Xirosimadagi G7 sammitida Yaponiyaning Pekindagi elchisi Xideo Tarumi “Xitoy bilan bog‘liq muammolarni ko‘paytirib yuborgani uchun” norozilik bildirdi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi saytida aytilgan.

Sun Veydunning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya boshqa G7 davlatlari qatori Xitoyga “tuhmat qilgan va hujum qilgan”. Xitoy diplomati “Katta yettilik”ning bunday harakatlarini Xitoyning ichki ishlariga qo‘pol aralashuvi, mamlakat suvereniteti, xavfsizligi va taraqqiyoti manfaatlariga putur yetkazish, deb atadi. Shu bois Pekin bu harakatlarga “kuchli norozilik”ni bildiradi.

Sun Veydun, Tayvan, Gonkong, Shinjon-Uyg‘ur va Tibet avtonom rayonlari bilan bog‘liq masalalar Xitoyning ichki ishi ekanligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!