Paxtaning 2022 yilgi minimal narxi belgilandi

Paxtaning 2022 yilgi minimal narxi belgilandi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yetishtirilgan 1 tonna o‘rta navli paxta xomashyosining minimal qiymati QQSni hisobga olgan holda 10 mln 25 ming so‘mni (910 dollar atrofida) tashkil etadi.

1 tonna nozik tolali paxta xomashyosining minimal narxi qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan 15 mln 120 ming so‘mni (taxminan 1 400 dollar) tashkil etadi.

Ushbu tavsiyalar asosida paxta xomashyosini ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar shartnomalar asosida uning tannarxini mustaqil ravishda belgilaydilar, deyiladi vazirlik xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!