Paxta terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan hokimlar jinoiy javobgarlikka tortiladi - Sardor Umrzakov

Paxta terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan hokimlar jinoiy javobgarlikka tortiladi - Sardor Umrzakov

Ayni daqiqalarda bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Administrasiyasi rahbari Sardor Umurzakov paxta terimidagi qonunbuzilishlarni tanqid qildi.

«Viloyatlar rahbarlarini paxta terimida majburiy mehnatning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida alohida ogohlantirgan edik.

Shunga qaramay paxta terimi bo‘yicha har kuni ijtimoiy tarmoqlarda yangi-yangi xabarlar tarqalmoqda. Endi tadbirkorlardan, byudjet tashkilotlarining oddiy xodimlaridan hasharchilarni jalb qilish uchun pul yig‘ish avjiga chiqayapti ekan.

Bu holatlardan bitta xulosa qilish mumkin. Mazkur ish bilan shug‘ullanayotgan har qanday rahbarni hurmatli Prezidentimiz siyosatlariga xiyonatkor deb baholash mumkin.

Bosh prokuratura (Nig‘matilla To‘lqinovich) bunday holatlarga aloqador bo‘lgan shaxslarni xech ikkilanmay zudlik bilan jinoiy javobgarlikka tortishi kerak. Hududiy prokurorlar bilan birgalikda bizga qonun ustuvorligini ta’minlab berishlaringiz kerak», - dedi Sardor Umurzakov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!