Patriarx Kirill Shveysariyada josuslik qilgan bo‘lishi mumkin

A A A
Patriarx Kirill Shveysariyada josuslik qilgan bo‘lishi mumkin

Rus pravoslav patriarxi Kirill 1970 yillarda Jenevada Sovet Ittifoqi uchun josuslik qilgan bo‘lishi mumkin, u yerda u Rus pravoslav cherkovining Butunjahon cherkovlar kengashidagi vakili bo‘lgan.

Bu haqda SonntagsZeitung nashriga asoslanib, “RBK-Ukraina” nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, maxfiy arxivlar ochiqlanishi Kirillning "KGB"da ishlagani va razvedkachi bo‘lganini ko‘rsatadi. U Jenevada bo‘lganida josuslik bilan shug‘ullangan. U yerda uning asosiy vazifasi o‘sha paytda ko‘plab sovet agentlarini o‘z ichiga olgan Butunjahon cherkovlar kengashiga ta’sir o‘tkazish bo‘lgan.

Rus pravoslav cherkovi ommaviy axborot vositalarida bunday ma’lumotlarga biror bir izoh berishdan bosh tortdi. Shu bilan birga, Rossiyaning Shveysariyadagi elchixonasi nashrni rusofobiyada aybladi va Patriarx Kirillga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etdi.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli agressiv urushida ko‘plab tinch aholi halok bo‘layotganiga qaramasdan, Patriarx Kirill bu urushni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Patriarx Kirill Ukrainaga qarshi urushda o‘lish go‘yoki Rossiya Federasiyasi askarlarining barcha gunohlarini yuvishini aytgan edi.

Patriarx Kirill Rossiyadagi dindorlarni bir necha kun Vladimir Putinning salomatligi uchun ibodat qilishga chaqirgani bilan ham mashhur.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!