Pastdarg‘omda 3 egizak dunyoga keldi

Pastdarg‘omda 3 egizak dunyoga keldi

Joriy yilning 25 iyul kuni Pastdarg‘om tumanining “Yangiobod” mahallasida yashovchi M.Jonquvvatova birvarakayiga 3 egizaklarni dunyoga keltirdi. Bu haqda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi Mansur Hasanov Darakchi.uzga ma’lum qildi.

Ularning ikki nafari o‘g‘il va 1 nafari qiz. Egizaklarning tug‘ilishi 3 avgust kuni Pastdarg‘om tuman 1-son FHDYo bo‘limi tomonidan qayd qilinib, tug‘ilganlik guvohnomalari topshirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, SH.Utayev hamda M.Jonquvvatova 2021 yilda oila qurgan. Ota-ona farzandlariga Muhammadali, Muhammadnur va Soliha deb ism qo‘yishgan.

Ta’kidlanishicha egizaklarning biri 1 kilogramm, 40 sm, ikkinchisi 1,2 kilogramm, 40 sm, va uchinchisi 900 gramm, 39 sm. vazn bilan tug‘ilgan.

Oila vakillari ayni paytda go‘daklarning ahvoli yaxshiligini, ona va bolalarga kecha uyiga ruxsat berilganini ma’lum qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, Pastdarg‘om tuman 1-son FHDYo bo‘limi tomonidan 2022 yilning o‘tgan 6 oyida 3275 ta tug‘ilganlik holati qayd qilingan bo‘lib, ularning 1673 tasi o‘g‘il, 1602 tasi esa qiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!