Parranda grippi: Yaponiyada ham 1000 ga yaqin tovuq yo‘q qilinadi

Parranda grippi: Yaponiyada ham 1000 ga yaqin tovuq yo‘q qilinadi

Yaponiyaning Sikoku orolidagi Kagava prefekturasida yuqori patogenli parranda grippining ikkita yangi o‘chog‘i aniqlanganligi sababli, hukumat 845 ming tovuqni yo‘q qilishga qaror qildi. Bu haqda 20 noyabr kuni Kyodo agentligi ma’lum qildi.

Payshanba kuni o‘tkazilgan testlarda ikkita tovuq fermasida nobud bo‘lgan tovuqlar parranda grippi bilan kasallangani tasdiqlandi. Hammasi bo‘lib fermer xo‘jaliklaridan 845 ming parranda yo‘q qilinadi.

Birinchi holat noyabrning boshida Mitoyo shahridagi tovuq fermasida aniqlangan. O‘shanda fermerlar 330 mingdan ortiq tovuqni yo‘q qilishga majbur bo‘lishdi. Shaharda karantin choralari qo‘llanildi. Mitoyodan 10 kilometr masofada joylashgan parrandachilik fabrikalari mahsulotlarini sotish taqiqlandi. Ko‘rilgan choralarga qaramay, kasallik tarqalishda davom etmoqda. Hozirga qadar Mitoyoda oltita, Xigasikagava shahrida bitta fermer xo‘jaligida parranda grippi kasalligi qayd etilgan.

11 noyabrdan boshlab Rossiya Yaponiyadan parranda go‘shti olishni taqiqladi. Shuningdek, tirik parranda, go‘sht, tuxumga taqiq choralari qo‘llanildi. Rossiya Federasiyasiga parranda uchun ozuqa va ozuqa qo‘shimchalarini olib kirish ham cheklangan.

Daniya hukumati ham parrandachilik fermasida H5N8 parranda grippi tarqalishi munosabati bilan 17 noyabr kuni 25 ming tovuqni yo‘q qilishga qaror qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!