Parijda pensiya islohotiga qarshi namoyishlar davom etmoqda (VIDEO)

Parijda pensiya islohotiga qarshi namoyishlar davom etmoqda (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda Fransiya polisiyasi va pensiya islohoti namoyishchilari o‘rtasidagi shiddatli to‘qnashuvlar aks etgan ko‘proq suratlar tarqaldi.

Fransiyada pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshgacha ko‘taruvchi pensiya islohoti loyihasi yanvar oyida taqdim etilgan edi. Bu tashabbus butun mamlakat bo‘ylab namoyishlar va ish tashlashlarga sabab bo‘ldi.

16 mart kuni Fransiya Vazirlar Mahkamasi rahbari o‘zining konstitusiyaviy vakolatlaridan foydalanib, qonun loyihasi Milliy assambleyada ovoz berishsiz qabul qilinishini ma’lum qildi. Bu qaror ko‘pincha polisiya bilan to‘qnashuvlar bilan yakunlangan namoyishlarning yangi to‘lqiniga sabab bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!