Kecha, 26 iyun kuni Toshkent shahri Chilonzor tuman hokimiyati binosi atrofida o‘rnatilgan temir panjaralar to‘liq olib tashlandi. Chilonzor tuman hokimi Davron Hidoyatov tashabbusi bilan amalga oshirilgan ish ramziy ma’noda fuqarolar va davlat idoralari o‘rtasida turgan ko‘zga ko‘rinmas to‘siq olib tashlanganligini va hokimiyat organlarining shaffof ishlashini ko‘rsatib beradi. Panjaralar to‘liq olib tashlanganidan so‘ng, hokimiyat nafaqat ma’muriy idora sifatida xizmat qiladi, balki, xokimiyat atrofida aholi dam oladigan, sayr qiladigan maskanga aylanadi. Ma’lumot o‘rnida, Chilonzor tuman hokimligida so‘nggi bir necha oy davomida katta qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Xokimiyat binosining yon – atroflari obodonlashtirilib aholi uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Shuningdek, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlash orqali xalq farovonligiga erishilmoqda.
Manba: qalampir.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола Райан Шеркини Премьер-лиганинг мавсумдаги энг яхши футболчиси совринига номзод сифатида қараш керакми-йўқми, деган саволга жавоб берди.
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 22 апрель куни Оролни қутқариш халқаро жамғармаси (ОҚХЖ) таъсисчи давлатлари раҳбарлари кенгашининг навбатдаги йиғилишида иштирок этди.