Oziq-ovqat qo‘shimchalari zararlimi yoki foydali?

A A A
Oziq-ovqat qo‘shimchalari zararlimi yoki foydali?

Oziq-ovqat qo‘shimchalari zararlimi yoki foydali?

Ilmiy-texnik taraqqiyot bizga beqiyos imkon-imtiyozlar yaratdi. Shu bilan birga, boshqa jabhalar qatori, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga yangicha yondashish talabini o‘rtaga qo‘ydi. Boisi, keyingi paytlarda ularning ayrimlari inson sog‘lig‘i va hayotiga tahdid sola boshladi. Bunga ko‘pincha yegulik va ichimliklarning ta’mini sun’iy ravishda yaxshilash va saqlanish muddatini uzaytirish uchun ularga har xil ziravorlar qo‘shish, ko‘rinishini ko‘zni quvontiradigan va ishtahani kuchaytiradigan darajaga keltirish jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklaru qallobliklar sababchi bo‘lmoqda.

To‘g‘ri, konservalangan oziq-ovqatni buzilishdan saqlovchi va unga rang beruvchi  qo‘shimchalardan foydalanish ming yillardan buyon davom etib keladi. Dastlab bunday konservantlar barchamizga ma’lum tuz, shakar va sirkadan iborat edi. Rang beruvchilar sifatida esa sabzavotlar va tropik Osiyoda o‘sadigan kurkuma (shafran) o‘simligining tomiri ishlatilardi. Kimyo va oziq-ovqat sanoati rivojlangani sayin sintez yo‘li bilan olinadigan va ziravorlar o‘rnida qo‘llaniladigan son-sanoqsiz qo‘shimcha mahsulotlar paydo bo‘ldi. Ular, birinchidan, oziq-ovqatlarning saqlanish muddatini uzaytirish va Yer sharining istalgan burchagiga tashib yetkazish imkonini beradi, ikkinchidan, yeguligu ichimliklarga chiroyli ko‘rinish,  yoqimli hid bag‘ishlab, kishida yoqimli ishtaha uyg‘otadi.

Soha vakillarining fikricha, hozir uzoq saqlashga mo‘ljallangan xushta’m va jozibador  ko‘rinishga ega mahsulotlar tayyorlashda bunday vositalardan foydalanmaslikning hecham iloji yo‘q. Shu bois oziq-ovqat sanoatida besh yuzga yaqin turli-tuman qo‘shimchalar ishlatiladi, ularning o‘zaro aralashtirilganlari soni esa bundan bir necha baravar ko‘pdir.

Sun’iy ingrediyentlar, ya’ni ajralmas tarkibiy qismli oziq-ovqat qo‘shimchalari inson organizmiga nechog‘li ta’sir qilishi endilikda iste’molchilarni eng ko‘p qiziqtiradigan muammolardan biridir. Qolaversa, hozir bu masalani o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi nufuzli xalqaro tashkilotlar ham mavjud. Chunonchi, Oziq-ovqat qo‘shimchalari bo‘yicha ekspertlar birlashgan qo‘mitasi – (JECFA) FAO-VOZ ularning sifatini nazorat qilib boradi. U 1991 yili ushbu mahsulotlar ekspertizasiga oid maxsus tartib-qoidalarni tasdiqlagan. Qo‘mita ma’qul topmagan ziravorlarni sanoatda ishlatish ma’n etiladi.

Oziq-ovqat qo‘shimchalarini qo‘llash ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida har bir ingrediyent uchun oldiga YE harfi qo‘yilgan va ramziy ma’noli uch yoki to‘rtta raqamdan iborat quyidagi maxsus belgilar joriy etilgan:

E100-182 – tus beruvchi qo‘shimchalar. Oziq-ovqat rangini ravshanlashtiradi yoki tiklaydi;

E200-299 – konservant (konservalangan oziq-ovqatni buzilishdan saqlovchi modda)lar. Mahsulotni mikroblar va zamburug‘lardan himoyalab, saqlanish muddatini uzaytiradi;

E300-399 – oksidlanishga qarshi qo‘shimchalar. Oziq-ovqatni oksidlanishdan asraydi;

E400-499 – turg‘unlashtiruvchi qo‘shimchalar. Mahsulotning me’yoriy zichligini ta’minlaydi, quyuqlashtiruvchi qo‘shimchalar esa ularning qayishqoqligini oshiradi;

E500-599 – emulgator (emulsiya yuzaga kelishiga ko‘maklashuvchi)lar. O‘zaro singishmaydigan ikki xil suyuqlikdan, masalan, suv va yog‘dan bir turdagi o‘xshash qorishma hosil qiladi;

E600-699 – ta’m va hidni kuchaytirgichlar;

E700-800 – zaxira indeks (shartli belgi)lar;

E900-999 – ko‘pikso‘ndirgichlar. Mahsulotlarda g‘ovaklar paydo bo‘lishi oldini oladi yoki kamaytiradi, ularning tashqi ko‘rinishiga zeb bag‘ishlaydi.

Qiyomli qatlam bilan qoplab jilo beruvchi, nimshirinlashtiruvchi, yumshatuvchi, kislotalik darajasini maromida ushlab turuvchi ziravorlar yuqorida ko‘rsatilgan barcha guruhlarga, shuningdek, yangi E1000 guruhiga kiradi.

Albatta, tadqiqotlar natijalariga binoan, salomatlik uchun zararli oziq-ovqat qo‘shimchalari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritib borilayapti. Shunga qaramay, ayrim noinsof ishlab chiqaruvchilar mahsulot tannarxini kamaytirish ilinjida joriy tartib-qoidalarni buzishayapti. Vaholanki, YE kodli qo‘shimchalar haqidagi ma’lumotlar mahsulot yorlig‘ida yozilgan bo‘lishi kerak. O‘z tinchini o‘ylagan iste’molchi esa ularni diqqat bilan o‘qishi, oziq-ovqatlarning beziyonligi to‘g‘risidagi axborotlarni muntazam kuzatib borishi, imkon qadar sun’iy qo‘shimchalar kam qo‘shilgan mahsulotlarni xarid qilishi joiz. Shuningdek, rasman taqiqlanmagan, ammo sog‘liqqa xavf solishi ehtimoli bor sintetik vositalarga alohida e’tibor qaratishi lozim. Masalan, YE-621 kodli natriy glutamati keng ommalashgan ta’m kuchaytirgich hisoblanadi. U fastfuda mahsulotlari, quruq sho‘rvabop vositalar va ziravorlar, qayla va yarimfabrikatlar tayyorlashda asqatadi. Ammo, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bu qo‘shimcha o‘ta salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqaradi, ayniqsa, bolalar uchun zararli sanaladi. Chunki ko‘rish qobiliyatiga va bosh miyaga shikast yetkazadi, allergik reaksiyalarni rivojlantiradi. Yana bir achinarli jihati, unga juda tez o‘rganib qolgan odam oshxona-restoranlardagi taomlarni yoqtirmaydi.

So‘nggi tahliliy xulosalar boshqa, hatto ilgari ijobiy ta’riflagan oziq-ovqat qo‘shimchalarini iste’mol qilishni ham cheklashni taqozo etmoqda. Keling, shu o‘rinda yana misollarga murojaat qilaylik.

E100-199 kodli qizil va sariq tus beruvchi oziq-ovqat qo‘shimchalari, masalan, konfetlar, muzqaymoqlar, qandolatchilik mahsulotlari, ichimliklar tayyorlashda ishlatiladigan tartrazin (E102) ko‘pincha oziq-ovqat allergiyasini qo‘zg‘aydi. Zaharlovchi ta’sirga ega YE127 kodli ziravor esa qalqonsimon bezlar kasalligini sun’iy ravishda yuzaga keltiradi.

Hammaga ma’lum konservantlar sirasiga kiruvchi nitritlar (E250) va natriy nitritlari (E251) turli allergiya va yallig‘lanishlarga bog‘liq ta’sirchanlik uyg‘onishiga, bosh og‘rig‘i, jigar sanchishi, serjahllik va madorsizlikka sababchi bo‘ladi. Uzoq muddat saqlanadigan kolbasalar, go‘sht mahsulotlari va konservalar ishlab chiqarishda foydalaniladigan YE231 va YE232 kodli qo‘shimchalar terining ofatidir. Go‘sht va qandolatchilik mahsulotlariga solinadigan YE126 va YE127 indeksli rang beruvchi va konservant qo‘shimchalar esa organizmning kasal yuqmaydigan, uncha-muncha zahar ta’sir qilmaydigan tizimini izdan chiqaradi. Oqibatda ichaklar tabiiy mikroflorasiga putur yetadi, moddalar almashinuvi buzilib, jigar holdan toyadi. Pirovardida onkologik va yurak-tomir xastaliklari paydo bo‘lishi kuzatiladi.

E300-399 kodli antioksidantlar yog‘li va moyli emulsiyalardagi oksidlanish jarayonini  susaytiradi. Natijada yog‘lar taxirlashmaydi va vaqt o‘tishi bilan rangini o‘zgartirmaydi. Biroq YE311 kodli qo‘shimcha allergiya va astma xurujiga turtki berishi mumkin. Bu dardni tarkibiga yog‘li mahsulotlar va chaynaladigan rezinalar kiradigan YE320 va YE321 kodli qo‘shimchalar ham sun’iy tarzda qo‘zg‘atishi ehtimoldan xoli emas. Yog‘lar organizmdagi suvni saqlab turadi va xolestrin miqdorini ko‘paytiradi.

E400-499 kodli quyuqlashtiruvchi va turg‘unlashtiruvchi oziq-ovqat qo‘shimchalari asosan kam yog‘li – mayonezli hamda yogurtli yeguliklarga aralashtiriladi va ko‘zni chalg‘ituvchi, hazm tizimi kasalliklariga sababchi  bo‘ladigan “sifatli taom” hozirlanadi.

E500-599 kodli emulgatorlar jigar va oshqozon kushandasiga aylanadi. Bu jihatdan, ayniqsa, YE510 va YE527 kodli emulgatorlar o‘ta xavflidir.

E600-699 kodli ta’m kuchaytiruvchi ziravorlar go‘sht, qo‘ziqorin va dengiz mahsulotlarini tejashga xizmat qiladi. Eski va past navli go‘shtdan pishirilgan ovqatga tabiiy masalliqning maydalagan paylari yoki uning ekstrakti (organik to‘qimalardan kimyoviy yo‘l bilan olingan modda) hamda qo‘shimchalardan istagancha solib, ta’m kuchaytiriladi. So‘ngra obdon niqoblanadi. Ta’m kuchaytirgichlar deyarli barcha baliq va tovuq go‘shti, qo‘ziqorin, soya o‘simligi yarimfabrikatlarida, chipslar, qoq nonlar, qaylalar, turli-tuman quritilgan ziravorlar, sho‘rvabop vositalar va quruq sho‘rvalar tarkibida bor. Ba’zi mamlakatlardagi tez ovqatlanish shoxobchalarida jamiki yeguliklar ular asosida tayyorlanadi. Ana shu jarayonda belgilangan me’yorlardan chetga chiqish hollari ham tez-tez ro‘y berib turadi. Holbuki, taomni “sifatli” ko‘rinishga keltiruvchi qo‘shimchalar miqdorining keskin oshirilishi hazm tizimi kasalliklariga “doyalik” qilishi tayin.

Eng mashhur ta’m kuchaytirgich Sharq mamlakatlari oshxonalarida nisbatan ko‘p qo‘llaniladigan YE621 kodli natriy glutamati, aniqrog‘i, glutaminli aminokislotalarning natriyli tuzidir. Amerikalik neyrofiziolog Jon Olni o‘tgan asrning 70-yillari o‘rtalarida u kalamush miyasiga zarar yetkazishi mumkinligini aniqladi. Yapon olimi Xiroshi Oguro esa yaqinda bu ta’m kuchaytirgich ko‘z to‘r pardasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishini isbotladi. Qolaversa, natriy glutamatli ovqatni tez-tez tanovul qiluvchilarning o‘ttiz foizi bosh og‘rig‘idan, yurak urishi tezlashishidan, mushaklari zaifligidan, ko‘krak shishi va isitmasidan ozor chekishadi. Shuning uchun ham mutaxassislar bu alomatlarni “Xitoy oshxonasi sindromi” atamasi bilan yaxlitlashtirganlar.

Natriy glutamati tabiatda ko‘p uchraydi, xususan, kashnichsimon oshko‘k – selderey tomirida mavjud bo‘ladi. U markaziy asab tizimiga signallarni uzatishda qatnashadi, tanani tetiklashtiradi va ruhiy bemorlarni davolovchi malham vazifasini o‘taydi. Sof holida biron-bir maza va hidga ega bo‘lmasa-da, har qanday taom xushxo‘rligini oshiradi. Biroq uni ko‘p iste’mol qilgan xo‘randaga tabiiy oziq-ovqatlar bemazadek tuyulaveradi. Chunki u ta’m reseptorlarining sezuvchanligini yo‘qotadi. Oqibatda odam “totli ziravorlar” ta’siriga tushib qoladi. Ishlab chiqaruvchilar esa iste’molchilarni chalg‘itish umidida natriy glutamatli ziravorni ko‘pincha o‘z nomi bir chetda qolib, “Maza beruvchi qo‘shimcha” yoki “Ta’mni yaxshilovchi vosita” deb atashadi. Masalan, Rossiyada taqiqlangan YE622 kodli kaliy glutamati ham shu zayl xaspo‘shlanadi.

E900–999 kodli ko‘pik so‘ndiruvchi, qiyomli qatlam bilan qoplovchi, yumshatuvchi, nimshirinlashtiruvchi qo‘shimchalar oziq mahsulotlarda g‘ovaklar paydo bo‘lishining oldini oladi va bu jarayonni susaytiradi, yaltiroq silliq qobiq hosil qilib, ovqatga shirin ta’m bag‘ishlaydi va qorishmani yanada ko‘pchitib yumshatadi. Ulardan dastlabkilar organizmga katta xavf tug‘dirmaydi. Ammo 6000 dan ziyod mahsulot tarkibida uchraydigan aspartam nomli nimshirinlashtiruvchi xususida bunday deb bo‘lmaydi. Sababi, u 30 daraja issiqda metil spirti va formaldegidga, ya’ni o‘smalarni nish urdirish xususiyatiga ega moddalarga parchalana boshlaydi. Uni uzluksiz iste’mol qilish ko‘pincha bosh og‘rig‘i, quloq shang‘illashi, allergiya va ruhiy tushkunlikni keltirib chiqaradi. Chanqovbosdi ichimliklar tayyorlashda keng qo‘llaniladigan siklamat esa jigar yetishmovchiligini kuchaytiradi. Shunga ko‘ra, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda undan foydalanish 1969 yildan e’tiboran rad etilgan.

Sirasini aytganda, YE kodli qo‘shimchalarning aksariyati qandaydir darajada sog‘liqqa putur yetkazadi. Shu bois barchasi xalqaro miqyosdagi tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ularni ishlatishga ruxsat berish haqidagi qaror Oziq-ovqat qo‘shimchalari bo‘yicha ekspertlarning birlashgan qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadi. Iste’mol uchun yaroqliligiga shubha tug‘ilgan ziravorlardan foydalanish esa qat’iyan cheklanadi.

Siz oziq-ovqat qo‘shimchalari haqida aniq tushunchaga ega bo‘lishni istasangiz, turli mish-mishlarga, jumladan, oxirgi paytlarda Internet orqali tarqatilayotgan “oldi-qochdi” gaplarga ko‘r-ko‘rona ishonmang. Bil’aks, iloji boricha, rasmiy manbalardan olingan, har tomonlama tekshirilgan va ilmiy dalillarga asoslangan rasmiy ma’lumotlardan foydalaning!

Abdunabi Haydarov


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi

Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.

Chess.com Open-2026 onlayn turniri. Sindarov musobaqani tark etdi, Abdusattorov JCh yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi

Нодирбек Абдусатторов ва Жавоҳир Синдаров дунёнинг энг йирик онлайн шахмат турнирларидан бири — Chess.com Open 2026 мусобақасида иштирок этди.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

“Katta jarimalar bo‘ladi”: Soliq qo‘mitasi raisi umumiy ovqatlanish korxonalarini biznesni bo‘lmaslikka chaqirdi

Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Pep Gvardiola terma jamoani qabul qilib olishga tayyor

Хосеп Гвардиола аввалроқ фаолиятининг қайсидир босқичида миллий терма жамоада ишлаш истаги борлигини айтган эди.

Ekspert Husanovni “Real” yulduzidan yuqori baholadi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов айни пайтда фаолиятидаги сезиларли ўсишни намойиш қилмоқда.

Dahshat! Hokim ishi: pora ishimi yoki ssenariy?

У 60 минг АҚШ доллари миқдорида пора олишда ҳам айбланмоқда.

Abduqodir Husanov «Bernli»ga qarshi qanday o‘ynadi? (video)

«Шаҳарликлар»нинг 1:0 ҳисобидаги ғалабаси билан якунланган баҳсда ўзбекистонлик ҳимоячи майдондаги энг фаол ўйинчилардан бири бўлди.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Gvardiolaning rejalari buzilib ketdi

АПЛ тақвимидаги ўзгаришлар «Манчестер Сити»нинг ғазабини қўзитиб юборди.

Fransiya prezidenti «PSJ» – «Bavariya» uchrashuvining aniq hisobini aytdi

Бугун, 28 апрель куни «ПСЖ» Чемпионлар лигаси ярим финали доирасида ўз майдонида Мюнхеннинг «Бавария» жамоасини қабул қилади.

Polsha–Belarus almashinuvi: Ukraina hayratda, Polshada esa bayram

BBC мухбири маълумотига кўра, Польша томонидан россиялик археолог Александр Бутягиннинг Беларусьга топширилиши Украинада камида тушунмовчилик билан қабул қилинмоқда.

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq raisi Qamchibek Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishda ayblandi

Айблов тафсилотлари ва тергов жараёни расман ошкор этилмаяпти. Манбаларга кўра, иш “75 мактуб” деб аталган мурожаат билан боғлиқ.

Makron va Shols Zelenskiyni taslim bo‘lishga chaqirdi

Китобда ёзилишича, Зеленский Моравецкийга Шольц ва Макрон унга мунтазам қўнғироқ қилаётганини айтган.

Ukraina dronlari Perm o‘lkasi va Orenburg viloyatiga hujum qildi

Маълумотларга кўра, Орск шаҳридаги "Орскнефтеоргсинтез" нефтни қайта ишлаш заводига ҳам ҳужум қилинган.

14 yoshli qizga shilqimlik qilgan PPX xodimi ishdan olindi. IIV holatni tekshirmoqda

Қизнинг акаси автомобилнинг давлат рақами 10 R077MB бўлганини, рулда эса ППХ ходими ўтирганини айтган.

Evropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaroni cho‘zmoqda, Rossiya esa kuchaymoqda

Бу фикрни британлик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркурис YouTube’даги чиқишида билдирди.

Ziroat Mirziyoyeva Xivaning yangi yashil jamoat makonini barpo etishda ishtirok etdi

Яқин-яқингача бўш турган қарийб 8 гектарлик майдонга ҳудуднинг табиий-иқлим шароитидан келиб чиқиб танланган 3 минг тупдан ортиқ дарахт ва ўсимлик кўчатлари ўтқазилмоқда.

Toshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi

Машинист темир йўлдаги одамни тахминан 500 метр масофадан пайқаган, бироқ поездни тўхтатишга улгурмаган.

Andijonda “Haj” ziyoratiga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Тезкор тадбирда, у олдиндан 9 минг доллар олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

Бу ҳақда Reuters манбаларга таяниб хабар берди.

Isroil Livanda hujumlarni kuchaytirdi: “Hizbulloh” ob’ektlari yo‘q qilinmoqda

Исроил армияси Ливан жанубидаги амалиётларини давом эттириб, “Ҳизбуллоҳ” позицияларига навбатдаги зарбалар берди.

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Бу ҳақда мамлакат Адлия вазирлиги маълум қилди.

Hindistonda bortida 232 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi

Swiss Airlines авиакомпанияси воқеа ҳақида хабардорлигини, ҳозирда двигатель ишдан чиқиши ва ёнғин сабаблари текширилишини маълум қилди.

Moskvada qor yog‘ishi oqibatida daraxtlar quladi, Vnukovoda esa reyslar bekor qilindi

Москва вилоятининг Дубна ва Домодедово шаҳарларида қор ёғиши ва дарахтлар қулаши оқибатида электр таъминоти қисман узилди.

Qo‘qonda do‘konda yong‘in chiqdi

Билдирилишича, ҳодиса оқибатида жабрланганлар йўқ. Ёнғиндан дўконнинг 400 квадрат метр майдони сақлаб қолинган.

Suv uchun janjal: Afrikada 42 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳудудда сув, ер ва чорва моллари учун жамоалар ўртасидаги тўқнашувлар тез-тез содир бўлиб туради.

Toshkent xalqaro aeroportida 4 nafar qizlarni Dubay shahriga olib ketayotgan ayol ushlandi

Амалдаги қонунчиликка мувофиқ, бу турдаги жиноятлар учун 5 йилдан 10 йил муддатгача озодликдан маҳрум қилиш жазоси белгиланган.

Andijonda attraksion qulab, 7 kishi jarohatlandi

Бироқ, тасдиқланмаган манбаларга кўра, ҳодиса натижасида камида 7 киши жароҳатланган.

Malidagi harbiy bazalarga qurolli hujumlar uyushtirildi

​Кузатувчилар буни сўнгги йиллардаги энг йирик ва мувофиқлаштирилган амалиёт сифатида баҳоламоқда

Andijonda hajga yuborish evaziga 18 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Фуқаро ҳаж зиёрати учун Саудия Арабистонига юборишини айтиб, келишилган пулдан 9 000 АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланган.

Tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVV mansabdoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Мансабдор шахс ноқонуний ҳаракатларини давом эттириб, масъулияти чекланган жамият раҳбаридан қолган 39 минг АҚШ долларини ҳам беришини сўраган.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Donald Trampga suiqasd uyushtirildi (video)

Бу ҳақда C-SPAN хабар бермоқда.