Ozarbayjon – O‘zbekiston munosabatlarining mustahkamlanishida Haydar Aliyevning roli qanday?

A A A
Ozarbayjon – O‘zbekiston munosabatlarining mustahkamlanishida  Haydar Aliyevning roli qanday?

Markaziy Osiyoning asosiy mamlakatlaridan biri O‘zbekistondir. O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotida ham o‘z o‘rniga ega. Shu sabab, Ozarbayjonning ushbu mamlakat bilan munosabatlari yuqori darajada bo‘lishi juda muhimdir.

So‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlanmoqda. Hozirgi vaqtda Ozarbayjon O‘zbekistonning geoiqtisodiy ahamiyatga yega Janubiy Kavkaz mintaqasidagi asosiy hamkoridir.

Mamlakatlarimiz orasidagi diplomatik munosabatlar 1995 yilning 2 oktyabrida o‘rnatilgan. 1996 yilning avgustida Ozarbayjonning O‘zbekistonda, 1998 yil iyulida esa O‘zbekistonning Bokuda elchixonasi o‘z faoliyatini boshlagan.

Avvalo, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkamlanishida, mamlakatlar orasidagi munosabatlarning rivojlanishida Umummilliy Lider Haydar Aliyevning xizmatlari beqiyos.

Sobiq Ittifoq davrida, 1970 yilda o‘sha davrdagi Ozarbayjonga rahbarlik qilgan Umummilliy Lider Haydar Aliyev bilan Sharof Rashidov orasida o‘rnatilgan do‘stona munosabatlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Umummilliy Lider Haydar Aliyev hamda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 1996 yilda Bokuda imzolangan “Ozarbayjon Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik Shartnomasi”, shuningdek, Umummilliy Liderning 1997 yil iyundagi O‘zbekistonga tashrifi doirasidagi ikki tomonlama shartnoma, ishonch va hurmatga asoslangan kelajakdagi munosabatlarimiz yo‘nalishlarini belgilab bergandi.

1996 yil 21 – 22 oktyabr kunlari Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev Turkiy tilli davlatlar rahbarlarining IV Forumida va buyuk davlat arbobi Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Haydar Aliyev davlat rahbarlari Forumida so‘zga chiqdi. Haydar Aliyev Turkiy tilli davlatlar rahbarlarining muntazam uchrashuvlari ushbu davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-ma’naviy aloqalarni kengaytirish, mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

1997 yilning 18-19 iyun kunlari Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyevning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi munosabatlarni rivojlantirishning yangi bosqichi sifatida e’tirof etildi. Tashrif davomida 19 ta hujjat imzolandi. Ushbu hujjatlarda Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, do‘stlik va sherikchilik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risidagi bitim muhim ahamiyatga ega. Ozarbayjon Prezidenti imzolash marosimida so‘zga chiqib: “Biz Ozarbayjonda O‘zbekiston bilan ishonchli sheriklik aloqalarini o‘rnatmoqchimiz va bu munosabatlar rivojlanib, mustahkamlanib borishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz”, ‒ dedi. 1997 yilning 19 iyun sanasida Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev Toshkent Universitetining faxriy doktori diplomi bilan taqdirlandi.

Bugungi kunda Umummilliy Lider tomonidan belgilangan siyosiy yo‘nalishni janob Prezident Ilhom Aliyev muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Prezidentimizning faol diplomatik faoliyati natijasida O‘zbekiston bilan munosabatlarimiz yanada rivojlandi.

Prezident Ilhom Aliyev o‘tgan yil mobaynida O‘zbekistonga 3 bora rasmiy tashrif bilan keldi.

Hozirgi kunda Ozarbayjon barcha turkiy davlatlar, jumladan, O‘zbekiston bilan oliy darajadagi diplomatik aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishda mintaqadagi yetakchi davlat sifatida muhim tashabbuslar ko‘rsatib, turkiy hamjamiyatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shayotir. Bu muvaffaqiyatli va samarali natijalarning barchasi davlat rahbarining ajoyib diplomatik siyosatining in’ikosidir.

Ozarbayjonning xorijiy davlatlar bilan munosabatlarini rivojlantirishda Ozarbayjon Respublikasining Birinchi vise-prezidenti Mehribon xonim Aliyeva ham muhim rol o‘ynadi. Qayd etish lozimki, Mehribon xonim Aliyeva 2022 yilning noyabr oyida O‘zbekistonga tashrifi davomida Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasining birinchi xonimi Ziroatxon Mirziyoyeva bilan uchrashdi.

Shu bilan birga, 10 noyabr kuni Turkiy Davlatlar Tashkilotining IX Sammiti doirasida Ozarbayjon Respublikasining birinchi xonimi Mehribon Aliyeva va boshqa mamlakatlarning birinchi xonimlari Samarqanddagi “O‘zbekiston ranglari” ko‘rgazmasi bilan tanishib, tashkil etilgan kechki ovqatda ishtirok etdilar. 11 noyabr kuni esa Samarqandda “Bizning umumiy uyimiz bo‘lgan Dunyo uchun nol chiqindilar bo‘yicha Global majburiyatlar deklarasiyasi” imzolandi. Turkiya Respublikasi tashabbusi bilan tayyorlangan deklarasiyani Ozarbayjon Respublikasining birinchi xonimi Mehribon Aliyeva, O‘zbekiston Respublikasining birinchi xonimi Ziroatxon Mirziyoyeva, Vengriya Bosh vaziri Aniko Levay xonim imzoladilar. Shuningdek, ular Samarqand shahridagi Ekspo Markazida tashkil etilgan “Vaqt saroblari” ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Ozarbayjon-O‘zbekiston munosabatlari O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi, TURKSOY, TURKPA, Turkiya Akademiyasi, Turkiy Madaniyat va Meros Fondi, Turkiya ishbilarmonlar Kengashi faoliyati tufayli kundan-kunga rivojlanib bormoqda.

Ta’kidlash joizki, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi 2010 yil 27 sentyabrda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri (hozirgi Prezident) Shavkat Mirziyoyev tomonidan ochilgan.

Madaniyat markazida Haydar Aliyev muzeyi, Ozarbayjon tarixi, Ozarbayjon gilamlari muzeylari, kutubxona, kurs va to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari, Ozarbayjon madaniyat markazida Ozarbayjon xalqining Umummilliy Lideri Haydar Aliyevning 100 yilligiga bag‘ishlangan Ozarbayjon-O‘zbekiston Do‘stlik muzeyi ochildi. Do‘stlik Muzeyidan davlat rahbarlari Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyevning uchrashuvlari, ularning mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik va birodarlik, xalqlarimizning yaqinligiga oid fikr va shiorlar, 2020-yilda Ozarbayjonning Oliy Bosh Qo‘mondoni Ilhom Aliyev boshchiligidagi qahramon Armiyamizning Vatan sarhadlarini arman ishg‘olchilaridan ozod etilishiga doir fotostendlar joy olgan.

Muzeyning Markaziy qismida Ozarbayjon rassomlarining ozarbayjon hamda o‘zbek xalqlarini birlashtirgan qadriyatlar haqidagi noyob rasm, shuningdek, xalqlarimizning ildizi bir ekanini ko‘rsatuvchi tilimiz, dinimiz, milliy bayramimiz bo‘lgan Navro‘z, mug‘om va maqom san’ati, oshiq va baxshichilik san’ati, har ikki o‘lkadan o‘tkazilgan xalqaro musiqa festivallariga doir stendlar, burchaklar, maketlar, kiyimlar, milliy cholg‘u asboblarimiz va ko‘plab eksponatlar namoyish etilgan.

O‘zbekistonda yashayotgan 40 mingga yaqin ozarbayjonliklar uchun Madaniyat Markazi muqaddas maskan bo‘lib, Ozarbayjonga bag‘ishlangan barcha tadbirlar, Markaz oldidagi ochiq havoda joylashgan Umummilliy Lider Haydar Aliyev haykalini ziyorat qilishdan boshlanadi.

Markaz O‘zbekistonda o‘z faolligi bilan ajralib turadi hamda qayta-qayta qardosh o‘lkada “Yilning eng faol madaniyat markazi” nomiga loyiq ko‘rilgan.

Ozarbayjon Madaniyat markazi loyihasiga ko‘ra, 2015 yildan to bugungi kunga qadar Ozarbayjon tarixi, davlatchiligi, madaniyati, adabiyotiga oid 100 dan ortiq nashrlar o‘zbek tiliga tarjima qilinib, Toshkentda nashr etildi. Xususan, Madaniyat markazining tashabbusi bilan “Nizomiy Ganjaviy yili” doirasida tarixda ilk bor ulug‘ shoirning “Xamsa”si o‘zbek tiliga tarjima qilinib, har ikki mamlakatning Tilshunoslik institutlari ishtirokida “Ozarbayjoncha-O‘zbekcha, O‘zbekcha-Ozarbayjoncha” lug‘ati va so‘zlashuv kitobi chop etildi.

Bugungi kunga qadar Ozarbayjon Madaniyat markazi tashabbusi bilan Toshkent, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Termiz, Farg‘ona, Qo‘qon, Xiva, Nukus va boshqa shaharlarda “Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari” o‘tkazildi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan ikki mamlakat shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatilib, Qardoshlashgan shaharlar loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Bu boradagi ishlar natijasida ikki mamlakat mintaqalari orasida hamkorlikka doir memorandumlar imzolandi.

2023 yilda Ozarbayjonning Shusha va O‘zbekistonning Xiva shaharlari, Ozarbayjonning Ganja va O‘zbekistonning Samarqand shaharlari, Lankaran va Buxoro, Sheki va Qo‘qon shaharlari o‘rtasida qardoshlashgan shaharlar haqida shartnoma imzolandi.

2018 yilda Ozarbayjon Madaniyat markazi tashabbusi va tashkilotchiligida O‘zbekistonning Rishton shahri hamda Ozarbayjonning Ismoyilli shaharlari o‘rtasida qardoshlashgan shaharlar loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi. Ismoyilli tuman Ijro hokimiyatining kengaytirilgan delegasiyasining Rishton shahriga, Rishton shahri hokimiyati delegasiyasining Ismoyilli shahriga tashriflari tashkil yetilib, o‘zaro uchrashuvlar o‘tkazildi va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi muhim hujjatlardan biri “Ozarbayjon Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi deklarasiya”dir. Ushbu hujjat ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘yayotganining ifodasidir.

Mamlakatlarimiz o‘rtasida tarixan yaqin madaniy aloqalar rivojlangan. O‘zbekistonda yashagan bir qator ozarbayjonliklar ushbu mamlakat ilm-fani va madaniyatiga o‘z hissalarini qo‘shishgan. 2022 yilning 30 avgustida madaniy aloqalarning mustahkamlanishiga katta hissa qo‘shgani uchun asli ozarbayjonlik taniqli o‘zbek qo‘shiqchisi Nasiba Abdullayeva “Ozarbayjon xalq artisti” faxriy unvoni bilan, shuningdek, Hoshimjon Ismoilov, Ali Haydar Nasirli va Kamoliddin O‘rinboyev “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoni bilan Gulyanoq Mammedova “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvoni bilan, Shahin Mustafoyev, Ramiz Askar va Olmas Binnatova “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Ishonch bilan aytish mumkinki, qardosh davlat bo‘lgan Ozarbayjon-O‘zbekiston munosabatlari doimiy ravishda rivojlanib boradi. Turkiy dunyoning ajralmas qismi bo‘lgan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlari abadiy bo‘ladi.

Ramin Ahmadov,
Turkiy dunyo oqsoqollari
jamoat birlashmasi asoschisi,
Missiya media guruhi rahbari


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

Jahon chempionatining eng qimmat terma jamoalari reytingi e’lon qilindi

2026 йилги мундиалда илк бор 48 та жамоа бош соврин учун кураш олиб боради.

Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuz nega ortga qaytarildi?

Ҳолат назорат остига олинди ва чегара масканларида карантин остидаги маҳслуотларнинг назорати кучайтирилиши белгиланган.

Kanada - O‘zbekiston o‘yini soat nechada boshlanishi va qaysi kanal orqali translyasiya qilinishi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий жамоаси 1-июнь куни Канада терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади.

Kannavaro Husanovdan boshqacha o‘ynashni talab qildi!

2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро мундиал олдидан ютубдаги Markaziy Sektor каналининг махсус сони учун интервью берди.

Rustam G‘oipovga “Xalq artisti” unvonining berilishi shaxsan davlat rahbarining tashabbusi bo‘lgan

Ўзининг бетакрор ижоди, дилларга яқин қўшиқлари ва юксак маҳорат билан ижро этилган жонли чиқишлари орқали миллионлаб мухлислар меҳрини қозонган Рустам Ғоиповга “Ўзбекистон Республикаси халқ артисти” фахрий унвони берилди.

«Oltin to‘p»ga da’vogarlar: Goal JCh oldidan reytingini yangiladi

Чемпионлар лигаси финалида «ПСЖ» «Арсенал»ни пенальтилар сериясида (1:1, 4:3) мағлуб этганидан сўнг, Goal нашри «Олтин тўп» учун асосий даъвогарлар рўйхатини янгилади.

Fabio Kannavaro: “O‘zbekiston terma jamoasidagi muhitdan zavq olyapman, ammo bosh maqsadim — Italiya boshqaruviga kelish”

2006 йилги Жаҳон чемпиони ва “Олтин тўп” соҳиби, айни пайтда Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи сифатида фаолият юритаётган Фабио Каннаваро фаолиятидаги энг катта мақсади ҳақида гапирди.

Olimlar xavotirda: Yer sekinlashmoqda

Ер сайёраси сўнгги 3,6 миллион йил ичида кузатилмаган даражада секинлашмоқда, деб хабар берди "BBC Science Focus".

Superkompyuter Jahon chempionati-2026 g‘olibini bashorat qildi

Opta таҳлилчилари суперкомпьютерни ишга тушириб, терма жамоаларнинг Жаҳон чемпионатида ғалаба қозониш имкониятларини ҳисоблаб чиқишди.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Rossiya harbiylari va targ‘ibotchilari ukrainalik raketa ishlab chiquvchilarni nishonga oldi

Ушбу компания раҳбариятининг баёнотларига кўра, улар ракеталар ишлаб чиқиш билан шуғулланади. Киев россияликларнинг бу баёнотига изоҳ бермади

Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shryoder Moskvada

Европа Иттифоқи Шрёдернинг Россия билан музокарачи сифатидаги номзодини рад этган эди.

Rossiyaga olib kirilishi taqiqlangan Armaniston tovarlarining birinchi partiyasi YEI va boshqa mamlakatlarga jo‘natildi

​Бу ҳақда Арманистон бош вазири Никол Пашинян маълум қилди.

Rossiya va Belarus sportchilariga nisbatan sanksiyalar bekor qilindi

Қиличбозлик бўйича жаҳон чемпионати 22-30 июль кунлари Гонконгда бўлиб ўтади.

Qirg‘iziston Qozog‘iston guruchini qaytarib yubordi

Натижада юкнинг фитосанитария сертификатида кўрсатилган маълумотлар транспортга алоқадор ҳужжатларда кўрсатилган маълумотларга мос келмаган.

Kuvayt Eron bilan bog‘liq jiddiy qaror qabul qildi

Бу ҳақда Кувайт оммавий ахборот воситалари хабар берди.

Ukraina dronlari Sankt-Peterburgga hujum qildi: iqtisodiy forum kuni yirik zarbalar qayd etildi

Кечаси Санкт-Петербург ва Ленинград вилояти Украина дронлари ҳужумига учради. Ленинград вилояти губернатори Александр Дрозденко маълум қилишича, вилоят осмонида 59 та учувчисиз учиш аппарати уриб туширилган.

AQSh va Meksika chegarasi ostidagi tunneldan qiymati $45 mlnga teng bir tonna kokain topildi

Туннел гидравлик лифт, электр ва шамоллатиш тизими билан жиҳозланган.

Kubilyus: «Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz» degan gap meni xavotirga soladi

Европа Иттифоқининг мудофаа бўйича комиссари Андрюс Кубилюс Европа Иттифоқи Украинани «қанча керак бўлса, шунча вақт қўллаб-қувватлайди» деган баёнотлар унда хавотир уйғотишини билдирди.

AQSh ma’lum shartlar asosida Eronning yadro energiyasidan foydalanishiga qarshi emas

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Вашингтон маълум шартлар бажарилган тақдирда Эроннинг ядро энергиясидан фойдаланишига рухсат беришга тайёрлигини билдирди.

Afrikada Ebola yana qaytdi, AQSh yetakchiligiga ehtiyoj kuchaymoqda

Американинг нуфузли нашри — The Wall Street Journal таҳририяти «2014 йилги Эбола сабоқларини қўллаш вақти келди» сарлавҳали мақоласида Африкада Эбола вируси яна авж олаётгани ва бу вазиятда АҚШнинг фаол иштироки муҳим аҳамият касб этишини таъкидлади.

Turkiy dunyoning moddiy va nomoddiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha strategik uchrashuv Parijda bo‘lib o‘tdi

2026 йил 1 июнь куни Парижга амалга оширилган хизмат сафари доирасида Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси президенти профессор Актоти Раимқулова UNESCO Бош директорининг маданият масалалари бўйича вазифасини бажарувчи ўринбосари ҳамда UNESCOнинг Бутунжаҳон мероси маркази директори Лазар Элунду Ассомо билан расмий икки томонлама учрашув ўтказди.

Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi

Департаментнинг Андижон вилояти бошқармаси томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда 6 нафар фуқаро ва бошқалар ўзаро тил бириктирган

Samarqandning Paxtachi tumanida 4 kishi suvda cho‘kib ketdi

Ҳодиса оқибатида 3, 6, 9 ва 10 ёшли болалар ҳалок бўлган. Маҳалла одамлари кечаси билан болаларнинг мурдасини излашган.

Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

Дастлабки маълумотларга кўра, тўққиз қаватли уйнинг тўққизинчи қаватида жойлашган саккизта хонадоннинг том қисми, шифтлари ва ички ҳудуди жами 300 квадрат метр майдонда ёнган.

Ukraina zarbalari ortidan Rossiyada neft qayta ishlash hajmi 16 yillik minimumga tushdi

Бу кўрсаткич 2009 йилдан бери қайд этилган энг паст даража ҳисобланади.

Bayrut aholisi Dahiya tumanini tark etmoqda

Ливан пойтахти Байрутнинг жанубий чеккасида жойлашган Даҳия тумани аҳолиси ҳудудни оммавий равишда тарк этмоқда.

Eron AQSh va Isroil zarba bergan yerosti raketa bazalarining uchdan ikki qismini tikladi

CNN маълумотларига кўра, Эрон АҚШ ва Исроил томонидан нишонга олинган ерости ракета мажмуаларини тез суръатларда қайта тикламоқда.

Janubiy Koreyadagi mudofaa zavodida yuz bergan portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Мазкур заводда турли қурол-яроғларни, жумладан, “ер-ер” таснифидаги тактик ракеталарни ишлаб чиқарилади.

AQSh hujumlari oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Жанубий Америка қирғоқлари яқинидаги кемаларга АҚШ томонидан берилган ҳаво зарбалари натижасида 202 киши ҳалок бўлган.

Janubiy Afrikada ksenofobiya kuchaydi: G‘arbiy Afrika davlatlari fuqarolarini evakuasiya qilmoqda

Ғарбий Африка давлатлари ксенофобия ва зўравонлик ҳолатлари кучайгани сабабли ўз фуқароларини Жанубий Африка Республикасидан эвакуация қилишни бошлади.

PSJ g‘alabasidan keyin Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: qariyb 800 kishi hibsga olindi

Францияда «Пари Сен-Жермен» клубининг Чемпионлар лигаси финалидаги ғалабасидан сўнг юз берган тартибсизликларда қарийб 800 киши ҳибсга олинди, 200 дан ортиқ киши жароҳат олди.

Yaponiya aholisi keskin qisqarib bormoqda

2025 йилги аҳоли рўйхати маълумотларига кўра, мамлакат аҳолиси сўнгги беш йил ичида 3,09 миллион нафарга камайиб, 123,05 миллион кишини ташкил этган.

Livan Isroil siyosatiga nisbatan keskin bayonot berdi

Ливан ҳукумати мамлакат жанубида кенг кўламли вайронагарчилик ва гуманитар инқирозга сабаб бўлган Исроил томонидан амалга оширилаётган ҳарбий ҳаракатларни тўхтатиш лозимлигини билдирди.

"Kiyevga o‘lim hukmi chiqarildi"mi?

АҚШ Денгиз пиёдалари корпусининг собиқ разведка офицери ва ҳарбий таҳлилчи Скотт Риттернинг айтишича, Старобельскда содир этилган терактдан сўнг Владимир Зеленский ва Киев режимига мансуб бошқа амалдорлар учун жиддий хавф юзага келган.