​​​​​​​Oybek Tursunov Uzcard muassislari ro‘yxatidan chiqdi

​​​​​​​Oybek Tursunov Uzcard muassislari ro‘yxatidan chiqdi

Yagona umumrespublika Prosessing markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Uzcard muassislari ro‘yxatida o‘zgarish yuz bergan.

Unga ko‘ra, Oybek Tursunov Botirovich Uzcard ta’sischilarining ro‘yxatida qayd etilmagan. Avvalroq, u kompaniyaning 75 foiz aksiyaga egalik qilishi ma’lum bo‘lgan edi.

Yangi ro‘yxatga ko‘ra aksiyalar quyidagicha taqsimlagan: O‘zmilliybank 51 foiz, O‘zsanoatqurilishbank, Asaka bank, Ipoteka-bank va Aloqabank – har biriga 6 foizdan, qolgan 25  foizi  jismoniy shaxslarga tegishli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!