Ovqatlanish odobi

A A A
Ovqatlanish odobi

Islomda insonning faqat ruhiga emas, balki jismiga ham o‘ziga yarasha alohida ahamiyat berilgan. Inson jismiga be-rilgan bu ahamiyatni Islom unga o‘z hayotini saqlash va o‘zidan halokatni daf qilish uchun zarur bo‘lgan taom va sharobni is-te’mol qilishni vojibga aylantirganida ko‘ramiz.

Zarur bo‘lgan miqdordagi taom va sharobni isrof darajasiga yetkaz-may tanovul qilish muboh sanaladi. Isrofgarchilik bilan iste’mol qilingan taom va sharob jism uchun zararli va xa-tarli bo‘lgani uchun taomning keragidan ortiqchasi haromdir.

Barcha narsalardagi kabi yeb-ichishda ham Islom mo‘’tadillikni tavsiya etadi. Albatta, gap faqat Alloh taolo halol qilgan taom va sharoblar haqida bormoqda.

Inson tanovul qiladigan taomlar o‘z asliga qarab ikkiga: nabotot va hayvonot taomlariga bo‘linadi.

Nabototdan bo‘lgan taomlar najas, zararli va mast qiluvchi bo‘lmasa, barchasi haloldir. Nabototlardan turli meva va don mahsulotlariga o‘xshash zarar yetkazmaydigan narsalar halol qilingan.

Najas taom yoki najas aralashgan taom harom bo‘ladi. «Najas» deganda iflos narsa tushuniladi. Misol uchun, cho‘chqa go‘shti va yog‘i, o‘limtik kabi narsalar najasdir. Sichqon tu-shib qolgan suyuq yog‘ ham najas aralashgani uchun, haromga aylanadi. Payg‘ambarimiz alayhissalom bu holatda yog‘ni to‘kib tashlashga amr qilganlar. Agar sichqon tushishi bilan yog‘ harom bo‘lmasa, uni to‘kib tashlashga amr qilmas edilar.

Mast qiluvchi narsalarning haromligi hammaga ma’lum, buni takrorlab o‘tirishning hojati yo‘q. Shuningdek, zahar, mishiq, maniy, tuproq, tosh kabi yesa, insonga zarar yetkazadigan narsalar ham shariatimizda harom qilingan.

Hayvonlar uch qismga taqsimlanadi: suv hayvonlari, quruqlik hayvonlari va suv hamda quruqlikda yashovchi hayvonlar. Suv hayvonlarining barchasi jumhur ulamo na-zdida haloldir. Hanafiylar esa suv hayvonlaridan faqat baliq halol, deyishgan.

Quruqlik hayvonlariga kelganda ulardan o‘zi o‘lib qolgani, oqqan qon, cho‘chqa go‘shti va Allohning nomi aytib so‘yilmaganini yeb bo‘lmaydi, bularning barchasi haromdir.

Bo‘g‘ilib o‘lgan, suzilib o‘lgan, urib o‘ldirilgan, yuqoridan yiqilib o‘lgan, yirtqich hayvon yorib ketgan hayvonlarni joni bor vaqtida so‘yib olsa, halol bo‘ladi, agar so‘yishga ulgurilmasa, haromdir.

Qush va hayvonlardan bo‘ri, sher, yo‘lbars, burgut, lochin, qirg‘iy kabi yirtqichlar haromdir. Uy hayvonlaridan it, eshak va xachirlar ham harom sanaladi.

Er yuzida yuradigan chayon, ilon, sichqon, chumoli, suvarak, o‘rgimchak, ari kabi hasharotlarni yeyish haromdir.

Halol va harom hayvonning qo‘shilishidan tug‘ilgan hayvonlar ham harom hisoblanadi. Misol uchun, ot va eshakning qo‘shilishidan tug‘ilgan xachir haromdir. Shofe’iy, hanbaliy va hanafiylardan ikki imomning nazdida ot haloldir.

Hanafiylar nazdida zobb, chiyabo‘ri, tulki kabi hayvonlar ham haromdir.

Jumhur ulamo chorva hayvonlaridan tuya, sigir, qo‘y, echki-lar halolligini aytishgan. Shuningdek, qo‘tos, jirafa, zebralar ham haloldir.

Yirtqich bo‘lmagan kabutar, musicha, chumchuq, bedana, o‘rdak, g‘oz, tovuq, tuyaqush, bulbul kabi qushlar halol sanaladi, shuningdek, yirtqich bo‘lmagan kiyik, tog‘ echkisi, bug‘u, quyon kabi yovvoyi hayvonlar ham halol.

Mevalarga, donlarga, taomga va sirkaga tushgan qurtlar ham haloldir. Qurt tushgan yeguliklarni yemasdan tashlab yuborilmaydi.

Ham quruqlikda, ham suvda yashaydigan timsoh va baqaga o‘xshash hayvonlar harom. Bir so‘z bilan Qur’on va Sunnatda haromligi bayon qilingan hayvonlarning barchasi harom, halolligi bayon qilinganlarining barchasi halol hisoblanadi.

Qur’on va Sunnatda halol yoki haromligi haqida biror narsa deyilmagan hayvonlar haqida o‘tmishdagi ulamolar: «Aqli raso kishilar pok deb yurganlari halol, nopok deb yur-ganlari harom», deyishgan.

Ammo zamondosh ulamolar: «Qur’on va Sunnatda halol yoki haromligi haqida biror narsa deyilmagan hayvonlar halol-haromligi bayon qilingan hayvonlarga solishtirib ko‘riladi, agar halol hayvonlarda bor sifatlari bo‘lsa, halol, harom hayvonlarda bo‘ladigan sifatlari bo‘lsa, harom», deyishgan.

Eng muhimi, musulmonlar o‘zlarining har bir luqma taom-lari, har bir tomchi sharoblari halol mehnat ila topilishi farz ekanini tushunib yetishlari zarur. Ya’ni oziq-ovqatning jismi halol bo‘lishi bilan birga, ular ishlab topilgan kasb ham halol bo‘lishi shart. Qaroqchilik, o‘g‘rilik, poraxo‘rlik, zo‘ravonlik, aldamchilik kabi shariat harom qilgan yo‘llar bilan topilgan pulga sotib olingan oziq-ovqatlarning barchasi ayni haromdir.

Bundan kelib chiqadiki, harom ikki xil – moddiy va ma’naviy bo‘ladi. Musulmon inson har ikki haromdan, ham moddiy haromdan, ham ma’naviy haromdan o‘zini saqlashi farzdir.

«Harom» so‘zi lug‘atda man qilishni anglatadi. Shariatda esa, hech qanday shubhasiz, ochiq-oydin ravishda man qilingan narsa haromdir. Buni bilib olish uchun alohida tayyorgarlik ko‘rishning keragi yo‘q. Aroq hamda boshqa mast qiluvchi va najosat tushgan suv kabi ichimliklar, cho‘chqa go‘shti, Allohning ismi aytilmay so‘yilgan hayvonlar go‘shti kabilar haromdir.

Shu bilan birga, o‘zi halol bo‘lgan narsalarga shariatda man qilingan yo‘l bilan ega bo‘lsa, ular ham haromga aylanib qoladi. Misol uchun, zulm, o‘g‘rilik, riboxo‘rlik, aldamchilik, poraxo‘rlik yo‘li bilan topilgan har bir narsa, o‘zi qanchalik pok bo‘lsa ham, topuvchiga haromdir. Shuning uchun ham ulamo-larimiz mutlaq haromni o‘zida haromlik sifati bor yoki man qilingan yo‘l bilan topilgan narsadir, deb ta’rif qilishadi.

Ilmiy ravishda sobit bo‘lishiga qaraganda, Islom shariatida harom qilingan narsalarni taom sifatida tanovul qilgan odam xastalikka chalinadi. Chunki Islom zararli narsalarni harom qilgan. Harom narsa iste’mol qilingandan so‘ng tanada qonga aylanadi. Yurak esa qon haydaydigan a’zodir. Zararli narsalardan paydo bo‘lgan zararli qon yurakning xastalanishiga sabab bo‘lishi esa ilmiy haqiqatdir. Yurak xasta bo‘lganidan keyin esa, hadisi sharifda aytilganidek, jismning hammasi buziladi, xastalanadi.

Xuddi shu holatni botiniy qalbga nisbatan ham qo‘llash mumkin. O‘g‘rilik, poraxo‘rlik, riboxo‘rlik, aldamchilik, bosqinchilik kabi harom yo‘llar bilan o‘ziga mol-mulk topgan odamlar gunohkor bo‘lishadi. Mazkur gunohlarning zarari esa ularning botiniy qalblarini xasta qiladi. Harom­xo‘rlik davom etaversa, ma’naviy xastalik bora-bora ma’naviy halokatga aylanadi.

Shuning uchun ham qalb jismga nisbatan podshoh kabidir, deyiladi. Podshohdan yaxshi farmon chiqsa, fuqarolarga yaxshi bo‘lganidek, yurakdan yaxshi niyatlar chiqsa, jismning boshqa a’zolariga yaxshi bo‘ladi.

Har doim bo‘lganidek, hozirda ham ushbu buyuk haqiqatni yaxshilab tushunishga, unga yaxshi amal qilishga juda muhtojmiz. Halol nima ekanini bilib olib, doimo halolga yetishish uchun harakat qilishimiz kerak. Harom nima ekanini yaxshilab bilib olib, doimo undan hazar qilishimiz lozim.

Islomiy ta’limotlarda aytilishicha, mo‘min-musulmon inson yashash uchun yeydi, yeyish uchun yashamaydi. Kim ovqatlanish masalasida mo‘’tadil bo‘lsa, odob-axloqli bo‘lsa, taomni yashash ehtiyojlaridan biri deb bilsa, musulmonlarning bu boradagi sifatini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi.

Ulamolar taom borasidagi barcha dalil va hujjatlarni batafsil o‘rganib chiqib, ularni solishtirib, usuli fiqh va boshqa qoidalarni ishlab chiqishgan va jumladan, quyidagi xulosalarni taqdim qilishgan:

Taomlanish haqidagi hukmlar

Taom yemoq gohida farz bo‘ladi.

Bu ishni farz bo‘lganida qilgani uchun inson savob oladi va uni qilmagani uchun gunohkor bo‘ladi. Halokatni daf qilish uchun taom yeyishning hukmi shudir. Chunki Islomda inson o‘z jonini halokatga tashlamaydi, balki uni saqlash uchun harakat qilishi farzdir.

Taom yemoq gohida vojib bo‘ladi.

Farz namozni tik turib o‘qishga qodir bo‘lgudek va farz ro‘zani tutishga qodir bo‘lgudek miqdorda taom yeyish vojibdir. Shariat qoidasi bo‘yicha vojibni ado etish uchun kerak bo‘lgan narsa ham vojib hisoblanadi.

Taom yemoq gohida mandub bo‘ladi.

Rizq kasb qilishga, ilm olishga va nafl ibodatlarni ado etishga qodir bo‘lgudek miqdorda taom yeyish mandubdir.

Taom yemoq gohida muboh bo‘ladi.

Zarar yetadigan bo‘lmagudek to‘yib taom tanovul qilish mubohdir.

Taom yemoq gohida harom bo‘ladi.

Ortiqcha to‘yib, o‘ziga zarar yetkazadigan darajagacha taom yemoq haromdir.

Taom yemoq gohida makruh bo‘ladi.

Bunga to‘yganidan ortiqcha taom yeyish kiradi.

O‘zi qilgan qurbonlik go‘shtidan yemoq mustahabdir.

Aqiqaning hukmi ham qurbonlikning hukmiga o‘xshash.

Kafforot va fidya uchun so‘yilgan hayvonning go‘shtidan o‘sha kafforot va fidya vojib bo‘lgan odam yeyishi mumkin emas.

To‘y va ziyofat taomidan yemoq mustahabdir.

Notanish joyda taom yemoqchi bo‘lgan odam u yerdagi taom-ning qanday bo‘lishini bilmagani uchun uning haqida surishtirmay turib yemasligi kerak.

Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom doimo avval su-rishtirib olib, keyin taomga qo‘l uzatar edilar.

Taom yeyish odoblari

Taom tanovul qilishdan oldin ikki qo‘l yuviladi.

Islomda taomdan oldin ikki qo‘lni yuvish diniy ta’limotlar orasiga qo‘shilgan va u «baraka» deb atalgan.

عَنْ سَلْمَانَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عن النَّبِي صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: بَرَكَةُ الطَّعَامِ الْوُضُوءُ قَبْلَهُ وَالْوُضُوءُ بَعْدَهُ. رَوَاهُ أَبُودَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ

Salmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Taomning barakasi undan oldin (ikki qo‘lni) yuvish-dir va undan keyin (ikki qo‘lni) yuvishdir», dedilar».

Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.

Olim va katta yoshdagi kishilar taom tanovul qilishni boshlamagunlaricha, boshqalarning kutib turishi yuksak odob namunalaridandir.

Bu odobni boshqa odoblar qatori, bolalarga ham yoshliklaridan o‘rgatib borish kerak. Ba’zi xalqlarda ushbu odob allaqachon unutilib qolgan. Bizda unga amal qilish hozir yaxshi darajada, deya olamiz. Faqat bu odobga amal qilishda bardavom bo‘lish kerak.

عَنْ حُذَيْفَةَ رَضِي اللهُ عَنْه قَالَ: كُنَّا إِذَا حَضَرْنَا مَعَ النَّبِي صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم طَعَامًا، لَمْ نَضَعْ أَيْدِيَنَا حَتَّى يَبْدَأَ رَسُولُ الله صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فَيَضَعَ يَدَهُ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ

Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan taomga hozir bo‘lsak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshlamagunlaricha, qo‘llarimizni uzatmas edik».

Muslim rivoyat qilgan.

Taom tanovul qilishni boshlashda «bismillah» aytiladi.

Dinimizda barcha yaxshi amallar tasmiya («bismillah») bilan boshlangani kabi taom iste’mol qilish ham Allohning nomi ila boshlanadi.

Taom o‘ng qo‘l bilan yeyiladi.

Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom barcha ishlarni o‘ngdan boshlashni yaxshi ko‘rar, jumladan, taomni ham o‘ng qo‘llari bilan yer edilar.

Har kim o‘z oldidan yeydi.

Taom lagan kabi idishda keltirilsa, har kim o‘z oldidan yeydi, birovning oldidagi taomga qo‘l uzatmaydi. Chunki bi-rovning oldidagi taomga qo‘l uzatish g‘irt beodoblikdir.

عَنْ عُمَرَ بْنِ أَبِي سَلَمَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كُنْتُ غُلَامًا فِي حَجْرِ رَسُولِ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم، وَكَانَتْ يَدِي تَطِيشُ فِي الصَّحْفَةِ، فَقَالَ لِي النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَا غُلَامُ، سَمِّ اللهَ، وَكُلْ بِيَمِينِكَ، وَكُلْ مِمَّا يَلِيكَ، فَمَا زَالَتْ تِلْكَ طِعْمَتِي بَعْدُ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ

Umar ibn Abu Salama roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qaramog‘idagi bola edim. Qo‘lim tovoqda borib-kelar edi. Shunda u zot menga: «Ey g‘ulom! «Bismillah», degin, o‘ng qo‘ling bilan yegin, o‘z oldingdan yegin!» dedilar. Shundan so‘ng yeyishim shunday bo‘ldi».

Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilganlar.

Qo‘l bilan yeganda, taom uchta barmoq bilan olinadi.

Bundan ko‘p barmog‘ini ishga solish ochko‘zlikdir.

عَنْ كَعْبِ بْنِ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِي صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَأْكُلُ بِثَلَاثِ أَصَابِعَ، وَيَلْعَقُ يَدَهُ قَبْلَ أَنْ يَمْسَحَهَا. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ

Ka’b ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam uchta bormoqlari bilan yer edilar va qo‘llarini artishdan oldin ularni yalar edilar».

Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasaiy rivoyat qilganlar.

Taom suyanib, yonboshlagan holda yeyilmaydi.

Avvalo, bu ish beodoblik, madaniyatsizlikdir. Qolaversa, yonboshlab yotgan odamning taom yuradigan a’zolari – ichaklari, qorni, oshqozoni noqulay holga kelib, faoliyati sustlashadi. Binobarin, u yegan taomning oshqozonda qayta ishlani-shi, hazm bo‘lishi qiyinlashadi. Oqibatda inson sog‘lig‘iga zarar yetadi.

عَنْ أَبِي جُحَيْفَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِي صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إنِّي لَا آكُلُ مُتَّكِئًا. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا مُسْلِمًا

Abu Juhayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Men suyangan holimda yemayman», dedilar».

Buxoriy, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy rivoyat qilganlar.

Qo‘ldan tushgan va dasturxonga to‘kilgan taom olib yey-iladi. Qo‘lda va idishlarda qolgan taom yuqlarining isrof bo‘lishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi.

عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِنَّ الشَّيْطَانَ يَحْضُرُ أَحَدَكُمْ عِنْدَ كُلِّ شَيْءٍ مِنْ شَأْنِهِ، حَتَّى يَحْضُرَهُ عِنْدَ طَعَامِهِ، فَإِذَا سَقَطَتْ مِنْ أَحَدِكُمُ اللُّقْمَةُ فَلْيُمِطْ مَا كَانَ بِهَا مِنْ أَذًى، ثُمَّ لِيَأْكُلْهَا، وَلَا يَدَعْهَا لِلشَّيْطَانِ، فَإِذَا فَرَغَ فَلْيَلْعَقْ أَصَابِعَهُ، فَإِنَّهُ لَا يَدْرِي فِي أَيِّ طَعَامِهِ تَكُونُ الْبَرَكَةُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Albatta, shayton sizlarning har biringizning har bir ishida hozir bo‘ladi; taomiga ham hozir bo‘ladi. Qachon birortangizdan luqma tushsa, undagi nopoklikni ketka-zib, keyin yesin. Uni shaytonga qoldirmasin. Forig‘ bo‘lgach, barmoqlarini yalasin. Chunki u taomining qayerida baraka bo‘lishini bilmas», dedilar».

Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasaiy rivoyat qilganlar.

Taom yeb bo‘linganidan so‘ng Alloh taologa hamd aytib, duo qilinadi.

Eb-ichgandan keyin shukr qilib, hamd aytishda Alloh taoloning yolg‘iz O‘zi rizq beruvchi Zot ekanini e’tirof qilish bor. Shu bilan birga, bu ishda Alloh taologa shukrni doimiy yangilab turish ma’nosi ham bor. Shukr qilgan bandaga esa Allohning O‘zi ne’matlarini ziyoda qilib berishni va’da qilgan.

Diyorimizda ovqatlanishdan keyin qilinadigan duolardan «Alhamdulillahillaziy at’amanaa va saqonaa va ja’alanaa minal muslimiyn» («Bizni yedirgan, ichirgan va musulmonlardan qilgan Allohga hamd bo‘lsin») degan duo keng tarqalgan.

وَلِأَصْحَابِ السُّنَنِ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم إِذَا فَرَغَ مِنْ طَعَامِهِ قَالَ: الْحَمْدُ ِللهِ الَّذِي أَطْعَمَنَا، وَسَقَانَا، وَجَعَلَنَا مُسْلِمِينَ

 «Sunan» sohiblarining rivoyatida:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon taomla-nishdan forig‘ bo‘lsalar: «Bizni yedirgan, ichirgan va mu-sulmonlardan qilgan Allohga hamd bo‘lsin», der edilar», deyilgan.

Taomdan keyin ikki qo‘l yuviladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday qilganlar. Taomdan qolgan yuqlarini yuvib, ketkazish yuksak odob namunasidir.

Taomdan keyin avval tish tozalagich ila tish tozalanib, chiqqan ovqat qoldiqlari tuflab tashlanadi.

So‘ngra og‘iz chayiladi. Agar tish furshasi ila yuvilsa, yana ham yaxshi bo‘ladi.

وَقَالَ سُوَيْدُ بْنُ النُّعْمَانِ رَضِي اللهُ عَنْهُ: خَرَجْنَا مَعَ النَّبِي صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم إِلَى خَيْبَرَ، فَلَمَّا كُنَّا بِالصَّهْبَاءِ دَعَا بِطَعَامٍ، فَمَا أُتِيَ إِلَّا بِسَوِيقٍ فَأَكَلْنَا، فَقَامَ إِلَى الصَّلَاةِ فَتَمَضْمَضَ وَمَضْمَضْنَا. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ

«Suvayd ibn Nu’mon roziyallohu anhu dedi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan Xaybarga chiqdik. Sahboga yetganimizda, u zot taom opkeltirdilar. Tolqondan boshqa hech narsa keltirilmadi. (O‘shani) yedik. So‘ng u zot namozga turayotib, og‘izlarini yaxshilab chaydi-lar. Biz ham chaydik».

Buxoriy rivoyat qilgan.

Ovqatlanishning islomiy madaniyatiga ko‘ra har bir musulmondan taomdan keyin og‘zini yaxshilab chayishi talab qilinadi. Bu ishni Nabiy sollallohu alayhi vasallam qilganlari haqida rivoyatlar ko‘p. Musulmonlar og‘izning toza-pok bo‘lishiga doimo katta e’tibor berganlar. Og‘iz bilan Qur’oni karim, ibodat duolari o‘qiladi, Alloh taoloning zikri qilinadi, shuning uchun u doimo pok bo‘lishi, turli noxush hidlar chiqmasligi kerak.

Taomni yomonlash mutlaqo mumkin emas.

Har qanday halol taom banda uchun Alloh taoloning ne’mati hisoblanadi. Har qanday ne’mat uchun banda Alloh taologa shukr qilishi lozim. Faqat nonko‘r insongina shukr o‘rniga taomni ayblashga o‘tadi.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْه قَالَ: مَا عَابَ النَّبِي صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم طَعَامًا قَطُّ، إِنِ اشْتَهَاهُ أَكَلَهُ، وَإِنْ كَرِهَهُ تَرَكَهُ. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُ

Abu Hurayra roziyallohu anhu dedi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam hech qachon biror taomni ayblamasdilar. Agar ishtahalari tortsa, yerdilar. Ko‘ngillari tusamasa, tark qilar edilar».

Buxoriy, Muslim, Abu Dovud rivoyat qilganlar.

Musulmonlik odobi har qanday taom tanovul qilganda uni maqtashni, ayblamaslikni va taom tayyorlagan shaxsga tashakkur izhor qilishni taqozo qiladi.

Taom tayyorlagan shaxs taom tanovul qilgan kishiga yaxshilik qilgan shaxsdir. Yaxshilik qilgan kishiga esa tashakkur aytish lozim. Zotan, umumiy qoida shuki: «Odamlarga tashak-kur qilmagan Alloh taologa ham shukr qilmaydi».

Taomni dasturxonda tartib bilan tanovul qilish yuksak odobdir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam doimo shunday qilganlar. Sahobalarni, siz bilan biz ummatlarini ham shunday qilishga undaganlar.

Taomlanishdan Alloh taoloning ibodatiga, taqvosiga tayyorlanish niyat qilinadi.

Ovqat yeyish lazzatlanish va faxrlanish uchun bo‘lmasligi zarur. Shundagina inson qilgan niyati tufayli ovqatlanganiga ham savob oladi.

Dasturxon ustida kamtarlik ila o‘tiriladi.

Kibr va manmanlik barcha joylarda ham musulmon insonga to‘g‘ri kelmaganidek, dasturxon ustida ham to‘g‘ri kelmaydi.

Taom tanovul qilishda shoshilmaslik kerak.

Taom asta, yaxshilab chaynaladi, bunda beo‘xshov ovozlar chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shoshilib ovqatlanish beodoblik va ochko‘zlik alomati bo‘lishi bilan birga, sog‘liqqa zarar ham keltiradi.

Taomni keragidan ortiqcha yemaslik zarur.

Chunki bu narsa eng avvalo isrofdir, qolaversa, ko‘p taom yegan kishi lanj, loqayd, ibodatlarga befarq bo‘lib qoladi, yana ko‘p taom yeyish oqibatida odam semirib, turli kasallik-larga chalinishi ham mumkin.

عَنْ مِقْدَامِ بْنِ مَعْدِيكَرِبَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: مَا مَلَأَ آدَمِيٌّ وِعَاءً شَرًّا مِنْ بَطْنِهِ، بِحَسْبِ ابْنِ آدَمَ أُكُلَاتٌ يُقِمْنَ صُلْبَهُ، فَإِنْ كَانَ لَا مَحَالَةَ فَثُلُثٌ لِطَعَامِهِ، وَثُلُثٌ لِشَرَابِهِ، وَثُلُثٌ لِنَفَسِهِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ

Miqdom ibn Ma’diykarib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Odam bolasi to‘ldiradigan idishlarning eng yomoni qorindir. Odam bolasiga qaddini tutadigan yemaklar kifoyadir. Agar juda lozim bo‘lsa, taomi uchun uchdan bir, sharobi uchun uchdan bir va nafasi uchun uchdan bir», dedilar».

Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilganlar.

Taomning boriga shukr va qanoat qilish, yaxshisini axtarib, o‘zini ovora qilmaslik musulmonning yuksak odobidandir.

Musulmon kishi turmushini yaxshi ta’min qilish uchun imkoniyatidagi barcha halol vositalarni ishga solib, harakat qilaveradi. Ammo rizq berish Allohdan ekanini hech qachon unutmaydi. Shuning uchun o‘ziga berilgan rizq-nasiba Allohning irodasi ila bo‘lgan, deb biladi. Oz bo‘lsa, norozi bo‘lmaydi, ko‘p bo‘lsa, hovliqib ketmaydi. Chunki Allohning irodasiga qarshi chiqish musulmon odam uchun to‘g‘ri kelmaydi.

Taomni yakka-yakka yemay, jamlanib yemoqda baraka borligini unutmaslik zarur.

«Ustida ko‘p qo‘l bo‘lgan ovqat Alloh huzurida ovqatlarning sevimlisidir», deganlar Payg‘ambar alayhissalom.

وَقَالَ جَمَاعَةٌ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّا نَأْكُلُ وَلَا نَشْبَعُ، قَالَ: فَلَعَلَّكُمْ تَفْتَرِقُونَ، قَالُوا: نَعَمْ، قَالَ: فَاجْتَمِعُوا عَلَى طَعَامِكُمْ، وَاذْكُرُوا اسْمَ اللهِ عَلَيْهِ يُبَارَكْ لَكُمْ فِيهِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ

«Bir jamoa odamlar:

«Ey Allohning Rasuli, biz yeymiz, lekin to‘ymaymiz», deyishdi.

«Ehtimol, tarqoqdirsizlar?» dedilar u zot.

«Ha», deyishdi.

«Taomingizga to‘planinglar va Allohning ismini zikr qilinglar. (Shunda) sizlarga unda baraka berilur», dedilar».

Abu Dovud rivoyat qilgan.

Taom issiq bo‘lsa, uning sovushini kutib turish ham taomlanish odoblaridandir.

Taom issiq yoki juda sovuq holda yeyilmaydi, unga puflanmaydi, hidlab ko‘rilmaydi, xo‘rillatib yoki chapillatib iste’mol qilinmaydi.

عَنْ أَسْمَاءَ بِنْتِ أَبِي بَكْرٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، أَنَّهَا كَانَتْ إِذَا أُتِيَتْ بِثَرِيدٍ، أَمَرَتْ بِهِ فَغُطِّيَ حَتَّى يَذْهَبَ فَوْرَةُ دُخَانِهِ، وَتَقُولُ: إِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَقُولُ: هُوَ أَعْظَمُ لِلْبَرَكَةِ. رَوَاهُ الدَّارِمِيُّ

Asmo binti Abu Bakr roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«U kishiga sariyd (taom) keltirilsa, hovuri bosilguncha ustini yopib qo‘yishga buyurar va:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Shunda katta baraka bor», deyayotganlarini eshitganman», der edi».

Dorimiy rivoyat qilgan.

Taomni puflamaslik yuksak islomiy odobdandir.

Taom ustida nafas olinmaydi, agar u issiq bo‘lsa, puflab sovutilmaydi. Luqmani olib borayotganda og‘iz katta ochilmaydi. Taom yeyilayotgan qo‘l kosa yoki tovoqqa, dasturxonga silkitilmaydi.

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: نَهَى رَسُولُ اللهِ عَنِ النَّفْخِ فِي الطَّعَامِ وَالشَّرَابِ. رَوَاهُ أَحْمَدُ

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taom va sharobga puflashdan qaytardilar».

Ahmad rivoyat qilgan.

Taomni chetidan yeb borish odobdandir, o‘rtasidan va ustidan yeyish beodoblikdir.

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِذَا أَكَلَ أَحَدُكُمْ طَعَامًا فَلَا يَأْكُلْ مِنْ أَعْلَى الصَّحْفَةِ، وَلَكِنْ يَأْكُلُ مِنْ أَسْفَلِهَا، فَإِنَّ الْبَرَكَةَ تَنْزِلُ مِنْ أَعْلَاهَا. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ. وَلَفْظُهُ: الْبَرَكَةُ تَنْزِلُ وَسَطَ الطَّعَامِ فَكُلُوا مِنْ حَافَتَيْهِ وَلَا تَأْكُلُوا مِنْ وَسَطِهِ

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Qachon biringiz taom yesa, tovoqning ust tomonidan yemasin. Balki past tomonidan yesin. Chunki baraka uning ust tomonidan nozil bo‘lur», dedilar».

Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar va Termiziyning lafzida:

«Baraka taomning o‘rtasidan nozil bo‘ladi. Bas, uni atrofidan yeng, o‘rtasidan yemang», deyilgan.

Taomni o‘tirib yeyish odobdandir, tik turib yoki yurgan holda yeyish beodoblikdir.

عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْه: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم نَهَى عَنِ الشُّرْبِ قَائِمًا، فَقِيلَ: الْأَكْلُ؟ قَالَ: ذَاكَ أَشَدُّ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَمُسْلِمٌ وَلَفْظُهُ: ذَاكَ أَشَرُّ أَوْ أَخْبَثُ

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam tik turib ichishdan qaytardilar. Shunda:

«Eyish-chi?» deyildi.

«U yana ham og‘irroq», dedilar».

Termiziy va Muslim rivoyat qilganlar.

Muslimning lafzida:

«U yana ham yomonroq yoki chirkinroq», deyilgan.

Yaqinda turgan kishilarni, xodimlarni ham birga ovqatlanishga chorlash yuksak odob namunasidir.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِي صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِذَا كَفَى أَحَدَكُمْ خَادِمُهُ طَعَامَهُ حَرَّهُ وَدُخَانَهُ فَلْيَأْخُذْ بِيَدِهِ فَلْيُقْعِدْهُ مَعَهُ، فَإِنْ أَبَى فَلْيَأْخُذْ لُقْمَةً فَلْيُطْعِمْهَا إِيَّاهُ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Qachon birortangizning xodimi uning taomiga, (taomining) issig‘i va tutuniga kifoya qilsa, qo‘lidan ushlab, o‘zi bilan birga o‘tirg‘izsin. Agar ko‘nmasa, bir luqma olib, unga yegizsin», dedilar».

Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.

Dasturxon ustida gaplashib o‘tirish mustahabdir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobai kiromlar shunday qilganlar.

Taomlanish oxiriga yetganda, hamma birga duo qilib, o‘rnidan turishi yuksak odobdir.

Shunda hamma oxirigacha taomlanib, hech kim xijolat bo‘lmay, barcha baravar turgan bo‘ladi.

وَأَكَلَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم عِنْدَ سَعْدِ بْنِ عُبَادَةَ بِخُبْزٍ وَزَيْتٍ، فَلَمَّا فَرَغَ قَالَ: أَفْطَرَ عِنْدَكُمُ الصَّائِمُونَ، وَأَكَلَ طَعَامَكُمُ الْأَبْرَارُ، وَصَلَّتْ عَلَيْكُمُ الْمَلَائِكَةُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ.

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn Uboda-nikida non va yog‘ yedilar. Forig‘ bo‘lgan chog‘larida:

«Huzuringizda ro‘zadorlar iftor qilsin. Taomingizni abrorlar yesin. Farishtalar sizga istig‘for aytsin», dedilar».

Abu Dovud rivoyat qilgan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Go‘sht narxi keskin oshmoqda

Ўзбекистонда гўшт нархи сўнгги вақтларда сезиларли қимматлашди.

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Tramp Saudiya shahzodasi haqida keskin bayonot qildi

Дональд Трамп Муҳаммад ибн Салмон ҳақида кескин ва баҳсли баёнот берди.

Turkiya AQShni ogohlantirdi!

Агар курдлар Эронга қарши ҳужумларда иштирок этса, дарҳол ҳарбий жавоб бўлади.

Rossiya Ukraina borasida Janubiy Koreyani jiddiy ogohlantirdi

Бу ҳақда Россия ташқи ишлар вазири ўринбосари Андрей Руденко маълум қилди.

"Bu yolg‘on. Men uning gaplarini eshitdim va..."

Ушбу баёнот Парижда бўлиб ўтган "G7" давлатлари ташқи ишлар вазирлари учрашувидан сўнг оммага олиб чиқилди.

Rossiya yaqinlashmoqda

DeepState таҳлилий ресурсининг янгиланган маълумотларига кўра, Россия қўшинлари Донецк вилоятининг бир қатор ҳудудларида олдинга силжиган.

Polsha nashri Alisher Usmonovning singlisi muhokama etilgan Lavrov va Siyyarto o‘rtasidagi suhbat yozuvini e’lon qildi

Айни пайтда мазкур аудиоёзув Европа ва Украина матбуотида кенг муҳокама этилмоқда.

OAV: Saudiya Arabistoni urush sabab AQShga chaqiriq bilan chiqdi

Бу ҳақда The Guardian Саудия разведка манбасига таяниб хабар берди.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Netanyaxu Isroildan qochib ketdi

У Эрон баллистик ракета отишидан олдин қочишга улгурибди.

Tramp Eron sulh so‘raganini aytdi. Tehron javob qaytardi

АҚШ президенти Доналд Трамп бугун Теҳрон Вашингтондан сулҳ сўраганини эълон қилди.

Eron Isroilga eng yirik raketa hujumini amalga oshirdi

Бу ҳақда Исроил Мудофаа Кучлари матбуот котиби идораси маълум қилди.

Budanov Xorlidagi teraktda aybdor deb topildi

Янги йил оқшомида Украина Қуролли Кучлари Херсон вилояти Хорли шаҳридаги кафе ва меҳмонхонага 3та дрон билан ҳужум қилган эди.

Zelenskiy Donbassdan qo‘shinlarni olib chiqish haqida bugunoq qaror qabul qilishi kerak!

РФ президенти матбуот котиби Дмитрий Песков 1 апрель куни ўтказилган конференс-колл давомида айнан шу тарзда баёнот берди.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Toshkentda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Шундан сўнг ходимлар ўзлари ва атрофдагилар хавфсизлигини таъминлаш мақсадида махсус воситаларни қўллаган ҳолда қонунбузар фуқарони зарарсизлантирган.

Hindistonda 70 yoshli fil “pushti fotosessiya”dan keyin vafot etdi

Ижтимоий тармоқ фойдаланувчилари блогерни ҳайвонга нисбатан шафқатсиз муносабатда бўлганликда айблаб, уни жавобгарликка тортишни талаб қилмоқда.

Farg‘onada og‘ufurushlarga 12 yildan 15 yilgacha qamaldi

Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.

Toshkent va Sirdaryoda «Umra» bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Тошкент шаҳри ва Сирдарё вилоятида «Умра» зиёратига юбориш билан боғлиқ бир қатор фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.

Turkiyada muhojirlar qayig‘i cho‘kdi: kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.

Xitoy va Pokistondan tashabbus: Eron atrofidagi urushni to‘xtatish rejasi taklif etildi

Хитой ва Покистон Эрон атрофидаги можарони бартараф этиш мақсадида қўшма тинчлик ташаббусини илгари сурди.

Trampning bayonoti: Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmaydi

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ядровий қуролга эга бўлмаслигини қатъий таъкидлади.

Evropadan tanqid: Zelenskiy mablag‘larni juda tez sarflamoqdami?

Европа Иттифоқи доирасида Украинага ажратилаётган маблағлар юзасидан танқидлар янграмоқда.

Axios: AQSh va Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish evaziga sulhni muhokama qilmoqda

Axios маълумотига кўра, АҚШ ва Эрон Ҳўрмуз бўғозини очиш шарти билан сулҳни назарда тутувчи эҳтимолий келишувни муҳокама қилмоқда.

Oila farovonligi va gender tenglik — bir maqsad, bir yo‘l

Янги Ўзбекистонда инсон қадрини улуғлаш, оила институтини мустаҳкамлаш, хотин-қизларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини таъминлаш, қизларнинг баркамол авлод бўлиб вояга етиши учун зарур шарт-шароитларни яратиш давлат сиёсатининг устувор йўналишларидан бирига айланди. Сир эмаски, жамият тараққиёти, оилалар фаровонлиги ва келажак авлод камолоти, аввало, аёлга бўлган эътибор, қизлар тарбиясига берилаётган юксак аҳамият билан чамбарчас боғлиқдир. Шу маънода, бугун мамлакатимизда гендер тенгликни таъминлаш, оила масалаларига тизимли ёндашиш ва қизларнинг саломатлиги ҳамда маънавий-интеллектуал ривожига қаратилаётган эътибор ўзининг амалий натижаларини бера бошлади.

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Айни пайтда мазкур жиноятга алоқадор бошқа шахсларни аниқлаш бўйича чоралар кўрилмоқда.

Andijonda qalbaki dori vositalari tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi

Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Isroil hujumlarida Livanda halok bo‘lganlar soni 1 247 nafarga yetdi

Сўнгги 24 соатда Исроил қўшинлари Ливан ҳудудига амалга оширган ҳаво ҳужумлари натижасида камида тўққиз киши ҳалок бўлди.

NATO: Hamisha ittifoqchilarimizni himoya qilish uchun zarur choralarni qo‘llaymiz

НАТО бугунги кунда Ирондан Туркияга йўналтирилган ракетани ишга тушириш ҳолатига муносабат билдирди.

Ozarbayjonda fojiaviy voqea: erkak onasini o‘ldirib, o‘zini yoqib yubordi

Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.

AQShdan Eronga ogohlantirish: barcha dron va raketalarni to‘xtatish kerak

АҚШ давлат котиби таъкидлашича, Эрон барча турдаги дронлар ва ракеталарни ишлаб чиқаришни тўхтатиши шарт.

Evropa Ittifoqiga jiddiy ayblov: Ukraina hujumlari uchun havo hududi ochilganmi?

Европа Иттифоқи Украинага Россияга қарши ҳужумларда билвосита ёрдам бераётганликда айбланмоқда.

Erondan ogohlantirish: Hormuz bo‘g‘ozidagi har qanday provokasiya vaziyatni keskinlashtiradi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Ароқчи Ҳормуз бўғозидаги ҳар қандай провокация минтақадаги вазиятни янада оғирлаштириши мумкинлигини билдирди.

Rossiyadan chaqiriq: Yaqin Sharqdagi urushni zudlik bilan to‘xtatish kerak

Россия ташқи ишлар вазири Сергей Лавров Форс кўрфази мамлакатлари ташқи ишлар вазирлари билан мулоқот ўтказиб, Яқин Шарқдаги вазиятни муҳокама қилди.