OTMlarga qabul muddati qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

OTMlarga qabul muddati qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Bilim va malakalarni baxolash agentligi direktori Majid Karimov xalqaro press klubning qabul masalalariga bag‘ishlangan sessiyasida bu yilgi qabul jarayonlari qachondan boshlanishini ma’lum qildi.

Bu yilgi qabul uchun abituriyentlarning hujjat topshirish jarayoni 20 iyundan 20 iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar esa 10 iyulgacha hujjatini topshirib bo‘lishi kerak, — dedi Majid Karimov.

Press klub abituriyentlar uchun mo‘ljallangan imtiyozlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Bugungacha 48 turdagi imtiyoz mavjud bo‘lib, ulardan eng asosiylari sanab o‘tildi.

  • harbiy xizmat davrida halok bo‘lgan xizmatchilarning farzandlari uchun;
  • muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (tavsifnomali) askarlar;
  • kam ta’minlangan oilalar farzandlari;
  • xotin-qizlar;
  • Temurbeklar maktabi bitiruvchilari;
  • nogironligi bor fuqarolar;
  • Zulfiya mukofoti sovrindorlari uchun.

Agentlik raxbari nafaqat qabul muddati, balki bu yilgi qabul jarayonlaridagi o‘zgarishlarni ham sanab o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, tanlangan besh yo‘nalish kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllarining barchasiga amal qilishini ham ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!