Otasining bo‘yniga sirtmoq solgan o‘g‘il 15 yilga qamaldi

A A A
Otasining bo‘yniga sirtmoq solgan o‘g‘il 15 yilga qamaldi

Spirtli ichimlikka ruju qo‘yish hech qachon yaxshilikka olib kelmagan. Oilalarning parokandalikka yuz tutishiga, noxush hodisalarning sodir bo‘lishiga ko‘pincha ana shu spirtli ichimlikning me’yoridan oshib ketishi sabab bo‘ladi. Spirtli ichimlik odam ichiga tushgach, sarxushlik boshlanadi. Aql esa o‘z-o‘zidan chekinadi. Shunday bo‘lgach, mast odam og‘ziga kelganini o‘ylamasdan gapiradi, xayoliga kelganini qiladi.

Ibodulla To‘raxonov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) avval traktorchi edi. Ichkilik sabab kasbidan ayrildi. Bir necha yil bekor yurdi. Keyingi paytlarda esa bir yengil mashina olib, uch-to‘rt nafar yelim idish yig‘ib, o‘tkazadigan ayollarga haydovchilik qila boshladi. Kunlik topadigani mo‘maygina, lekin bu pullar ham oilasigacha yetib bormaydi. Kundaligi kunda ichkilikka sarflanaveradi. Quda-andali, nevarali odamning kunda-kunora ichib kelib, janjal-to‘polon qilishi oila a’zolarini bezdirib yubordi.

I.To‘raxonovning uch nafar o‘g‘li bor. Kattasi va kenjasi alohida yashaydi. Uyda o‘rtancha o‘g‘li Bekzod va er-xotin yashashadi.

Bora-bora Ibodullaning miyasi ichkilik ta’siridan aynidi. Mast bo‘lib kelgan payt­lar xotini Zarifaga qarab, «Men boshqa ayol topdim, o‘shanga uylanaman», deyishni odat qildi. Bunday gaplarni eshitgach, ayol birida jahli chiqsa, boshqa safar e’tibor bermaslikka urinadi. Ha, odam bolasining irodasi po‘latdan emas. Uning ham kuni kelib, sabr kosasi to‘ldi.

O‘sha kuni Ibodulla yana mast holda mashina boshqarib keldi. Yonida doimgi hamrohlaridan Nafisa ham keldi.

— Mana, Ibodulla akaning puli, — deb Nafisa Zarifaga 92 ming so‘m pulni tutqazdi. — Mast bo‘lgani uchun o‘zim berib ketay dedim, — dedi kelganiga izoh berib.

— Ovqating bormi? Qornim och, — dedi shirakayf Ibodulla xotiniga qarab.

— Hozir tayyorlayman, — deb oshxonaga o‘tib ketdi ayol.

— Sen vino olib kel, — dedi Bekzodga.

— O‘zi mast bo‘lsangiz, vino ichib nima qilasiz?

— Olib kel degandan ke­yin, olib kelmaysanmi, — deb baqirdi. — Bolangga ayt, vino olib kelsin, — dedi xotiniga eshittirib.

Bekzod onasidan pul olib, velosipedida do‘konga ketdi.

Ibodulla ovqat kelmasidan vinoni icha boshladi. Ovqat vaqtida aql-hushi tark etgan Ibodulla kurakda turmas so‘zlarni aljiray boshladi. U uyga ichib kelgan kunlari deraza oynalarini sindirar yoki ko‘chaga chiqib ketardi. Shuning uchun ko‘pincha uning oyoq-qo‘llarini bog‘lab qo‘yishardi. Kayfi tarqagach esa qo‘l-oyog‘ini bo‘shatishardi.

Bekzod dadasining qo‘lini orqaga qayirib, uyga olib kirdi. Onasi keltirgan ip bilan qo‘l-oyog‘ini bog‘lab tashladi. Dadasining kunda-kunora qiladigan janjallari oila ahlini bezdirib yuborgandi. Necha yillardan beri ahvol shu. Ba’zida qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ oldida izza bo‘lib qoladi. Shularni o‘ylarkan, o‘ldirib qo‘ya qolsammi, degan mudhish o‘y o‘tdi Bekzodning xayolidan. Avvaliga qo‘rqib ketdi, keyin qat’iylashdi. Ayvonga chiqib, onasiga dadasini o‘ldirishini ayt­di.

— Qo‘y gunohga botma, — dedi onasi.

— Dadamni o‘ldirgan odam savobga qoladi, — dedi yigit.

Hovliga chiqib, daraxtda ilinib turgan presslangan somon ipidan olib, dadasi yotgan uyga kirib ketdi. Xona qop-qorong‘i edi. Dadasi hali uxlamagan ekan.

— Qaysi biring kelding? — dedi.

— Menman.

— Qo‘l-oyog‘imni bo‘shatib qo‘y.

Bekzod eshikni yopib, biroz o‘ylanib turdi. Shuncha paytdan beri o‘zgarmagan odam, endi ham o‘zgarishiga ko‘zi yetmagan o‘g‘il dunyoga kelishiga sababchi bo‘lgan insondan qutulishga kirishdi. Paypaslab dadasining boshini topib, ipni o‘tkazdi.

— Nima qilmoqchisan? — dedi ota.

— Sizni o‘ldirmoqchiman, — dedi ovozi titrab o‘g‘il.

Bekzod bir necha daqiqa ipni qattiq tortib turdi…

Ayvonga o‘tib, qilib qo‘ygan ishini aytdi. Onasi ikkovi jasadni qanday yo‘q qilishni o‘yladi. Otaning jonsiz tanasini gilamga o‘rab, mashinaning yukxonasiga joylab qo‘yishdi. Ertasi kuni qoq tush payti onasi bilan daryo tomonga ketdi. Atrofni kuzatib, hech kim yo‘qligiga amin bo‘lgach, jasadni temirga bog‘lab, daryo­ga cho‘ktirib yuborishdi.

Keyingi kun Bekzod uch marta daryoga borib keldi. U ikki kun o‘rta yo‘lda sarson bo‘ldi. Uchinchi kun borsa, dadasining jasadi suv yuziga qalqib chiqqanini ko‘rib, vahimaga tushdi. Temir topib, yana dadasini cho‘ktirdi. Lekin bu ishi ham foyda bermadi. Temirga bog‘lab qo‘yilgan ipni uzib, jasadni oqizib yubormoqchi bo‘ldi. Daryoga borgach esa yuragi dov bermadi.

Ertasi kuni borsa, dadasi kiyimsiz holda suv yuziga chiqib qolibdi. Bu holda uni hech kim tanimaydi, degan o‘y bilan bola uyiga qaytdi.

Otasini o‘ldirib, halovat topamiz, degan farzand, o‘g‘lining qo‘lini qonga botirishiga qat’iy turib qarshilik qilmagan ayol bu voqeadan so‘ng ming o‘lib-tirildi. Yeb-ichgani ichiga tushmay, tunlari uyqu bilmadi.

Onasi Ibodullani so‘ragan qarindoshu tanish-bilishlarga uydan chiqib ketgan, deb aytaverdi. Oradan o‘n kunlar o‘tib, qarindoshlarining qistovi bilan IIBga turmush o‘rtog‘ining yo‘qolganligi haqida xabar berdi. IIB xodimlari bir kun avval daryodan noma’lum kishining jasadi topilganini aytib, Ibodullaning ki­yimlarini ko‘r­satdi. Ayol erining kiyimlarini tanidi, lekin siri fosh bo‘lishidan qo‘rqib, inkor etdi. Ular qilmishlarini qanchalik yashirmasin, baribir oshkor bo‘ldi.

Sud hukmi bilan Bekzod 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Onasiga ham qilmishiga yarasha jazo tayinlandi.

Jamshid Abduhakimov,

Samarqand viloyat prokurorining katta yordamchisi

"Huquq" gazetasidan olindi.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

Жаҳон банки шикоятни рад этишни ички қоидаларга асослаган

Turkiya Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa majmualarini qaytarmoqchi

Вашингтон Анқарадан Россия ҳарбий техникасидан воз кечишни талаб қилмоқда.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

Gvardiola Husanov sariq kartochka olgan vaziyat haqida fikr bildirdi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Брентфорд» устози Кейт Эндрюснинг биринчи бўлимида Абдуқодир Ҳусанов майдондан четлатилиши керак эди, деб ҳисоблаётгани ҳақида ўз фикрларини билдирди.

Putin Ukrainaga dahshatli ogohlantirish berdi

Бу ҳақда The Daily Express нашри хабар берди.

Rossiyada maktabga hujum qilib, tojikistonlik bolani o‘ldirgan o‘smir hibsga olindi

Шу мактабнинг тўққизинчи синфи ўқувчиси бўлган 15 ёшли Тимофей мактабга пичоқ кўтариб келиб, қўриқчи ва ўқувчиларга ҳужум қилган.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.