Otashin muhabbati nafratdan boshlangan mashhur juftliklar (foto)

Otashin muhabbati nafratdan boshlangan mashhur juftliklar (foto)

Mila Kunis va Eshton Katcher

Otashin muhabbati nafratdan boshlangan juftliklar (foto)

Ushbu juftlikning ilk uchrashuvi 1998 yilda ekranlarga chiqqan "70-yillarning shousi" filmining suratga olinish jarayonida bo‘ladi. O‘shanda Mila atigi 14, Eshton esa 19 yoshda edi.

Kunis va Katcherning munosabatlari esa haddan tashqari “sovuq” bo‘lgani bois hatto bir-birlarini ko‘rishga ko‘zlari bo‘lmasdi. Bu haqda keyinchalik ularga yaqin bo‘lgan manba ma’lum qilgan.

Ajablanarlisi shundaki, bugungi kunda Kunis va Katcher oila qurishgan bo‘lib, ikki farzand: qizi Uayatt va o‘g‘li Dimitriyni tarbiyalab kelmoqda.

Monika Belluchchi va Vensan Kassel

Otashin muhabbati nafratdan boshlangan juftliklar (foto)

1996 yilda "Kvartira" filmining suratga olish ishlarida uchrashishgan Monika Belluchchi va Vensan Kasselning o‘zaro munosabatlari nafrat bilan boshlanadi. Kassel Belluchchiga haddan tashqari takabbur bo‘lib tuyuladi, fransuz aktyori Vensan esa chet ellik ayolning bosh rolni ijro etishini noto‘g‘ri qaror deb biladi. Ammo shunga qaramasdan, Monika va Vensanning nikohi 14 yil davom etadi.

Rayan Gosling va Reychel Mak-Adams

Otashin muhabbati nafratdan boshlangan juftliklar (foto)

"Kundalik" kartinasida birgalikda ishlash Rayan va Reychel uchun haqiqiy qiyinchilik bo‘ladi.

“Ular haqiqatan ham kelisha olishmasdi. Bir marta Reychel bilan bo‘lgan sahnalardan birida Rayan menga: “Uni bu yerdan olib chiqib, boshqa aktrisani taklif qila olasizmi?” degan edi deb” eslagan keyinchalik kinorejissyor Nik Kassavet.

Buni qarangki, filmni suratga olish jarayoni tugashi bilan o‘zaro adovat to‘xtaydi va juftlik o‘rtasida uch yil davom etgan muhabbat paydo bo‘ladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!