Otaliqqa olinishi lozim bo‘lgan 500 mingdan ortiq yoshlar belgilab olindi

Otaliqqa olinishi lozim bo‘lgan 500 mingdan ortiq yoshlar belgilab olindi

Yoshlarni xatlovdan o‘tkazish yakunlariga ko‘ra, otaliqqa olinishi lozim bo‘lgan 500 mingdan ortiq yoshlar belgilab olindi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov Bosh prokurorning mamlakatimiz aholisiga yo‘llagan murojaatida qayd etilgan masalalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot berdi:

O‘tgan davrda prokurorlar sektorlaridagi “Temir daftar”ga kiritilgan 5 mingdan ziyod oila, “Ayollar” va “Yoshlar daftarlari”ga kiritilgan 243 456 nafar xotin - qizlar
va 12 332 nafar yoshlarga har tomonlama ko‘mak berishga doir ishlar izchil davom ettirildi.

1501 nafar yoshlarning ish bilan ta’minlanishida, 2 382 nafariga o‘zini o‘zi band qilishida, 2 312 nafarining kasb - hunar va xorijiy tillarni o‘rganish kurslarida o‘qitilishida, 1 103 nafariga moddiy yordam ajratilishida ko‘maklashildi.

Aholi bandligini ta’minlash, ekologik muhitni asrab - avaylash borasidagi vazifalar ijrosi ustidan nazorat kuchaytirilgan holda olib borilmoqda.

Birgina, aholi bandligini ta’minlash sohasida 168 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanildi, 87 nafar shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortildi,10 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda 309 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.

755 nafar tadbirkorga 156 mlrd. so‘mlik kredit, 284 nafariga lisenziya va ruxsatnoma berilishida, 1635 nafariga kommunikasiya tizimlariga ulanishida, 1 405 nafariga boshqa muammolari hal qilinishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida respublikadagi mahallalarning 7 762 tasida (82,2%) jinoyat qayd etilmadi, 1 364 tasi (14,4%) jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!