Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyeva Dubaydagi ko‘rgazmada ishtirok etmoqda (+foto)

Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyeva Dubaydagi ko‘rgazmada ishtirok etmoqda (+foto)

Markaziy Osiyo MMA Konfederasiyasi prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashi vise prezidenti Otabek Umarov va uning turmush o‘rtog‘i, prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja qizi Shahnoza Mirziyoyeva bilan Dubaydagi Expo ko‘rgazmasida tushgan suratlarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi.

«Expo tarixida ilk marotaba O‘zbekiston pavilyoni bizning mutaxassislarimiz tomonidan boshidan oxirigacha barpo etildi. Buxoro, Samarqand va Xiva timsoli bo‘lgan uchta elliptik bino, shuningdek, an’anaviy qirrali arkli LED-portal takrorlanmas va o‘ziga xos tasvirni yaratadi.

Uydan minglab kilometr uzoqlikda bo‘la turib, global ko‘rgazmaga tashrif buyurib vatanning bir parchasiga teginish — hayratga soluvchi tuyg‘udir. U yerda suyukli insoningiz bilan birga bo‘lish esa — unutilmas hodisa», — deya izoh yozib qoldirgan Otabek Umarov.

Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyeva Dubaydagi ko‘rgazmada ishtirok etmoqdaOtabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyeva Dubaydagi ko‘rgazmada ishtirok etmoqda

Ma’lumot uchun, Dubayda pandemiya sababli bir yilga qoldirilgan expo 2020 butunjahon ko‘rgazmasi 30 sentyabr kuni ochildi. «G‘oyalarni birlashtirib, kelajakni yaratamiz» degan shior ostida o‘tuvchi ko‘rgazma 2022 yil 31 martgacha davom etadi. Unda 191 ta davlat fan, texnika va san’at sohalarida erishgan yutuqlari va innovasiyalarini namoyish qiladi.

27 noyabrda «Dubai Opera» sahnasida «Lazgi – qalb va muhabbat raqsi» baletining xalqaro taqdimoti, 29 noyabr kuni Expo 2020 Dubai butunjahon ko‘rgazmasi Ayollar pavilyonida O‘zbekistonning «Jamiyat ijtimoiy hayotini modernizasiyalashda xotin-qizlarning o‘rni» mavzusidagi sessiyasi, 30 noyabr kuni Jubilee Park Expo 2020 sahnasida pianino ijrochisi Behzod Abduraimovning konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyeva Dubaydagi ko‘rgazmada ishtirok etmoqda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!