Ostinga Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumiga oid maxfiy hujjatlar oshkor etilgani haqida 6 aprel kuni ma’lum qilingan
6 aprel kuni AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostinga Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumiga oid maxfiy hujjatlar oshkor etilgani haqida ma’lum qilingan.
Bu haqda Reuters agentligi Pentagonga tayanib xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Mudofaa vazirligi hozirdanoq bunday ma’lumotlarning aynan qanday tarqatilishi va uni oluvchi kimligini o‘rganmoqda.
Reuters'ning ta’kidlashicha, bu 2013 yilda WikiLeaks saytida 700 mingdan ortiq hujjat, video va diplomatik telegrammalar paydo bo‘lganidan buyon eng muhim oshkor qilingan ma’lumotlardan biri bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, agentlik, internetda tarqatilgan hujjatlar soxta bo‘lib chiqishi mumkinligini ham qo‘shimcha qildi.
Shuningdek, Oq uy, Qo‘shma Shtatlar Pentagon maxfiy materiallarining sizib chiqishi to‘xtatilganmi yoki boshqa ma’lumotlar chop etilishi mumkinmi yoki yo‘qligini hozircha ayta olmasligini ma’lum qilgan.
