«Oskar-2023» mukofotiga nomzodlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

«Oskar-2023» mukofotiga nomzodlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

AQSh Kino san’ati va fanlari akadmiyasi «Oskar» mukofotiga nomzodlarni e’lon qildi. Mukofotlash 23 nominasiya bo‘yicha o‘tkaziladi, jumladan:

Eng yaxshi film:

«G‘arbiy frontda o‘zgarishsiz»;

«Avatar: suv yo‘li»;

«Inisherin Banshisi»;

«Elvis»;

«Hamma narsa hamma joyda va bir vaqtning o‘zida»;

«Fabelmanlar»;

«Tar»;

«Top Gan 2: Maverisk»;

«G‘am uchburchagi»;

«Ayollar g‘iybati».

Eng yaxshi to‘liq metrajli hujjatli film:

«Nafas olayotgan hamma narsa»;

«Barcha go‘zallik va qon to‘kilishi»;

«Sevgi vulqoni»;

«Qirindi uyi»;

«Navalniy».

Eng yaxshi rejissyor:

Todd Fild, «Tar»;

Ruben Estlund, «G‘am uchburchagi»;

Martin MakDona, «Inisherin Banshisi»;

Den Kvan, Deniyel Shaynert, «Hamma narsa hamma joyda va bir vaqtning o‘zida»;

Stiven Spilberg, «Fabelmanlar».

Eng yaxshi aktrisa:

Keyt Blanshett, «Tar»;

Ana de Armas, «Malla ayol»;

Andrea Rayzboro, «Lesli uchun»;

Mishel Uilyams, «Fabelmanlar»;

Mishel Yeo, «Hamma narsa hamma joyda va bir vaqtning o‘zida»;

Eng yaxshi aktyor:

Ostin Batler, «Elvis»;

Kolin Farrell, «Inisherin Banshisi»;

Brendan Freyzer, «Kit»;

Pol Meskal, «Quyoshim mening»;

Bill Nayi, «Yashamoq».

Ma’lumot uchun, «Oskar» mukofotini topshirish marosimi 12 mart kuni Los-Anjelesdagi Dolby teatrida bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!