Oshqozon kasalliklarida qabul qilinadigan oddiy dori koronavirusga qarshi yaxshi yordam berishi mumkin

Oshqozon kasalliklarida qabul qilinadigan oddiy dori koronavirusga qarshi yaxshi yordam berishi mumkin

Bu haqda Gut jurnali xabar bermoqda.. Xabarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bo‘lgan 10 nafar bemor tadqiqotda ishtirok etgan, ularning barchasi kasallik paytida famotidinni qabul qilgan. 

To‘rt balli tizimga ko‘ra, shifokorlar kasallikning beshta asosiy alomatlari, jumladan:

?? yo‘tal, 
?? nafas qisilishi, 
?? charchoq, 
?? bosh og‘rig‘i
?? ta’m va hid yo‘qolishining og‘irligini baholagan.

Tadqiqotda ishtirok etgan 10 nafar bemorlarning aytishicha, famotidin ichishni boshlaganidan keyin 24-48 soat ichida ularning sog‘ligi yaxshilangan va 14 kundan keyin alomatlardan to‘liq forig‘ bo‘lgan.

Lekin olimlarning fikricha, mavjud ma’lumotlar famotidin olishning ta’sirini tasdiqlash uchun yetarli emas. Shuning uchun, ular ushbu tadqiqotni ko‘proq odamda sinab ko‘rish zarur ekanligini ta’kidlagan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!