Ortiqxo‘jayev zarar yetkazilgan daraxtlar uchun poytaxt aholisidan uzr so‘radi

Ortiqxo‘jayev zarar yetkazilgan daraxtlar uchun poytaxt aholisidan uzr so‘radi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Chilonzor tumani hududida 99 tup daraxtning ildizi shikastlangani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Qayd etilishicha, ushbu vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev voqea joyiga tashrif buyurdi.

Ortiqxo‘jayev zarar yetkazilgan daraxtlar uchun poytaxt aholisidan uzr so‘radi

O‘rganishlar natijasida ijtimoiy tarmoqlarda aytilganidek 100 ta daraxtga emas balki 7 ta daraxt ildiz tizimining ust qismiga qisman zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.

"Zudlik bilan ularni qutqarish chora-tadbirlari belgilab olindi. Xususan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi Toshkent botanika bog‘i bo‘lim boshlig‘i Atirgul Xolmirzayevaning ko‘rsatmalariga binoan, uch qismdan iborat bo‘lgan yer tarkibining ikki qismini biogomus, qolgan bir qismini qum bilan aralashtirgan holda to‘ldirish kerakligi ta’kidlandi. Ildizlari ochilib qolgan qismlarga fitosparin, mayda ildizlarning o‘sib ketishi uchun kornevin preparatlari tavsiya etildi. Daraxtlarning ildizlarini oziqlantirish uchun mikroelementli gumatni suv bilan to‘yintirib, sug‘orish kerakligi aytib o‘tildi",-deyiladi hokimlik xabarida.

Ortiqxo‘jayev zarar yetkazilgan daraxtlar uchun poytaxt aholisidan uzr so‘radi

Shuningdek, Toshkent shahar hokimi tomonidan mas’ullarga loyihadagi olti chiziqli avtomobil yo‘li o‘rniga to‘rt chiziqli avtomobil yo‘lini qoldirish, ortib qolgan joyni esa yashil hududga aylantirish topshirig‘i berilgani aytiladi. Jahongir Ortiqxo‘jayev shahar prokuroriga ushbu loyihada qo‘yilgan xatoliklar uchun loyiha institutiti, quruvchilar, ekologiya bo‘limi va umuman ushbu loyihada qatnashgan barcha mutasaddilarga chora ko‘rilishi zarurligini ta’kidlagan.

Ortiqxo‘jayev zarar yetkazilgan daraxtlar uchun poytaxt aholisidan uzr so‘radi

Ortiqxo‘jayev, shu jumladan, ushbu jarayonga befarq bo‘lmagan fuqarolarga minnatdorchilik bildirgan.

"Shu yerda ish olib borayotgan mutasaddilarning e’tiborsizligi va mas’uliyatsizligi tufayli yuzaga kelgan mazkur holat hamda poytaxt aholisi qalbida vujudga kelgan xavotir uchun uzr so‘raydi",-deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!