Oq uyning ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar yaqin orada Kiyevga yangi harbiy yordam paketlarini taqdim etadi

Qo‘shma Shtatlar yaqin haftalar va oylarda Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishda davom etadi.
Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Kelgusi haftalar va oylarda siz qo‘shimcha harbiy yordam paketlarini ko‘rishingizni to‘liq taxmin qilishim mumkin”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)