Oq uy Rossiya iqtisodiyoti chidamli ekanini e’tirof etdi

Oq uy Rossiya iqtisodiyoti chidamli ekanini e’tirof etdi

Rossiya iqtisodiyoti G‘arb bosimiga bardoshli ekanini namoyish qilmoqda, kutilgan natijaga erishish uchun cheklov kiritish va sanksiya ijrosini ta’minlashda davom etishimiz kerak, deya bayonot berdi AQSh Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan.

Rossiya iqtisodiyoti harbiy mashina ishini ta’minlash nuqtai nazaridan mustahkam bo‘lib chiqqani haqiqat, – dedi u “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida. – Bu jarayonga zarar keltirishni davom ettirish zarur, irodasizlik yaramaydi. Rossiyaning qo‘shnilariga tahdid solish imkoniyatini qadamma-qadam kamaytirishga erishamiz. Maqsadimiz shu.

“RIA Novosti” yozishicha, juma kuni AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyaning yangi to‘plamini e’lon qilgan. Cheklov chorasi 500 kompaniya va jismoniy shaxsga qaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!