Oq uy: Bayden Si Szinpin bilan Rossiya neft narxiga cheklov joriy etish masalasini muhokama qilmagan

Oq uy: Bayden Si Szinpin bilan Rossiya neft narxiga cheklov joriy etish masalasini muhokama qilmagan

AQSh prezidenti Jo Bayden XXR raisi Si Szinpin bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida Rossiya neftiga maksimal narx belgilash masalasini ko‘tarmagan.

Bu haqda AQSh ma’muriyatining yuqori martabali vakili ma’lum qildi.

“Ikki rahbar o‘rtasidagi suhbat chog‘ida Rossiya neftiga narx chegarasini belgilash masalasi ko‘tarilmagan”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Avvalroq Reuters agentligi G7 davlatlari 5 dekabrga qadar Rossiya nefti narxini cheklash mexanizmini ishga tushirish niyatida ekani haqida xabar bergandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!