Onix va Tracker avtomobillari sotuvi qayta tiklanishi mumkin

Onix va Tracker avtomobillari sotuvi qayta tiklanishi mumkin

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari sotuvini qayta tiklashi kutilmoqda. Bu haqda kompaniya vakiliga tayanib Daryo xabar berdi.

«Tracker va Onix qo‘shimcha variantlar bilan sotuvga chiqariladi. Yangi variantlarda isitiladigan old o‘rindiqlar, tozalash zonasi, ikkinchi qator o‘rindiqlari, rul, olti tomonlama sozlanishi, haydovchi o‘rindig‘i, karter himoyasi, Redline paketi bo‘ladi. Hozir yangi konfigurasiyalar bo‘yicha shartnomalar ochilishiga tayyorgarlik ko‘ryapmiz», degan vakil.

Yangi variantdagi avtomobillar narxi avvalgisidan farq qilishi aytilmoqda. Biroq, qimmatlashishi yoki arzonlashishi to‘g‘risida ma’lumot berilmagan. Sotuv esa joriy haftada tiklanishi kutilyapti.

Avvalroq, UzAuto Motors hech qanday tushuntirishsiz Chevrolet Onix va Tracker uchun shartnoma berishni to‘xtatgan edi. Hozirda sotib olish mumkin bo‘lgan eng arzon avtomobil - 420 million so‘mlik Malibu XL.

So‘nggi marta Tracker narxi 2023 yil yanvarida oshgan, Onix narxi esa 2022 yil dekabr oyi oxirida e’lon qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!