Olxo‘ri - suyaklarni mustahkamlaydi

Olxo‘ri - suyaklarni mustahkamlaydi

Olimlarning aniqlashicha, har kuni 100 gramm olxo‘ri – o‘n bo‘lak quritilgan mevani bir yil davomida iste’mol qilish bilak va umurtqa pog‘onasining pastki qismidagi suyak mineral zichligini yaxshilaydi, shuningdek, suyaklar yo‘qotilishini kamaytiradi.

Olti oy davomida olxo‘ridan muntazam foydalanish ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Buning sababi olxo‘rining ichak mikroflorasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, butun tanadagi yallig‘lanishni kamaytirishi bilan bog‘liq.

Shuningdek, olxo‘ri sharbati organizmdagi ortiqcha xolesterinni ichakdan qonga so‘rilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Uni tashqariga chiqarib yuboradi. Semizlikni oldini olishda foydasi bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!