“Olx .uz” saytiga joylashtirilgan yolg‘on e’lon orqali firibgarlik qilib kelayotgan shaxs ushlandi

“Olx .uz” saytiga joylashtirilgan yolg‘on e’lon orqali firibgarlik qilib kelayotgan shaxs ushlandi

Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi B.N., ariza bilan murojaat qilib, “Olx .uz” saytida, xonadon ijarasi to‘g‘risidagi yolg‘on e’lon bo‘yicha noma’lum shaxsga 950.000 so‘m pul mablag‘ini o‘tkazib berganidan so‘ng aldanib qolganligini bildirib, noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida, pullarni o‘zlashtirgan shaxs, muqaddam javobgarlikka tortilgan, Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi, 1992 y.t. SH.N. ekanligi aniqlangan.

SH.N. bundan tashqari ushbu usuldan foydalanib, boshqa o‘ndan ortiq fuqarolarni aldab, pul mablag‘larini shaxsiy extiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

SH.N. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!