Oltin-valyuta zaxiralari nima degani va uning davlatga qanday foydasi bor?

A A A
Oltin-valyuta zaxiralari nima degani va uning davlatga qanday foydasi bor?

Markaziy bankning respublika oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risida bergan oxirgi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari kamaydi.

Yalpi oltin-valyuta zaxiralari 26,4 mlrd dollarni tashkil etdi (sentyabrda 26,8 mlrd dollar edi). Ulardan xorijiy valyutadagi aktivlar - 12,4 mlrd dollar (bir oy avval 12,9 mlrd dollar bo‘lgan), monetar oltin - 13,9 mlrd dollar (sentyabrda 13,9 mlrd dollar bo‘lgan).

Sof oltin-valyuta zaxiralari 25,4 mlrd dollarga teng bo‘lib turibdi (bir oy avval 25,9 mlrd dollar bo‘lgan).

Markaziy bank izohiga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida oltin-valyuta zaxiralarining pasayishi oltin narxining 1296,50dan 1183,50 doll/tr. unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi.

Xo‘sh, oltin-valyuta zaxiralari o‘zi nima va uning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni qanday?

Davlatning rasmiy zaxirasi

Oltin-valyuta zaxiralari davlatning yuqori likvidligi bilan ajralib turuvchi aktivlaridir. Ular maxsus davlat strukturalari (davlat g‘aznasi va markaziy banklari, AQShda Federal zaxira tizimi) tomonidan nazorat qilinadi.

Oddiy so‘z bilan aytganda, oltin-valyuta zaxiralari davlatning oltin va boshqa mamlakatlar valyutalaridagi rasmiy zaxirasidir.

Oltin-valyuta zaxiralari nimalardan tashkil topadi?

- Oltin-valyuta zaxiralari qimmatbaho metallar (quyma oltin, tanga, platina, palladiy, kumush) va qimmatbaho toshlardan;

- davlatlaro miqyosda zaxira valyutasi sifatida tan olingan xorijiy pul vositalaridan (AQSh dollari, yevro, shveysar franki yapon iyenasi, funt-sterling);

- XVJ (Xalqaro valyuta jamg‘armasi) chiqaradigan naqdsiz pul birliklaridan tashkil topadi.

Bu pul birliklari moddiy jihatdan mavjud bo‘lmaydi. Bu vositalar hukumatning maxsus hisoblarida yozilgan bo‘ladi. Ulardan xalqaro qarzlarni uzishda, milliy valyuta kursini to‘g‘rilashda, XVJ bilan hisob-kitoblarda foydalaniladi.

Shuningdek, XVJdagi zaxira pozisiyasi ham mavjud bo‘lib, bu zaxira miqdori mamlakatning XVJga kirayotganida to‘lagan badal puli miqdoriga teng bo‘ladi. Agarda XVJning biror a’zosi pulga muhtoj bo‘lib qolsa, XVJ unga moliyaviy yordam sifatida o‘sha badal pulini qaytarib beradi.

Oltin-valyuta zaxiralarini nimalarga sarflash mumkin?

Mamlakatlarning oltin-valyuta zaxiralaridan quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin:

- mamlakatning to‘lov va savdo balansidagi defisitni bartaraf etish uchun;

- inflyasiyani ushlab turish, milliy valyutani moliya bozorida qo‘llab-quvvatlash uchun valyuta sotib olishga;

- davlatning tashqi qarzlarini to‘lash uchun;

- davlatlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar va boshqalar uchun.

Oltin-valyuta zaxiralari qanday shakllantiriladi?

Har bir mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari o‘ziga xos sug‘urtadir. U davlatning milliy iqtisodiyotini ehtimoliy makroiqtisodiy xatarlardan himoya qiladi. Shu bois, oltin-valyuta zaxiralari qator talablarga javob berishi lozim. Masalan, undan har qanday sohada foydalanish imkoniyati bo‘lishi kerak. Oltin-valyuta zaxiralari oson joylashtirilishi va oson olinishi darkor.

Mamlakat oltin-valyuta zaxiralari muomaladagi pul miqdoridan sezilarli darajada ko‘proq bo‘lishi kerak. Bu zaxiralar tashqi qarzlarni qaytarishga va uch oy davomida import mahsulotlarni olib kirishga yetishi lozim.

Katta miqdordagi oltin-valyuta zaxiralariga ega bo‘lgan yirik davlatlar deyarli hech narsani xorijiy banklar hisob raqamlarida saqlamaydi. Ular pul vositalari mamlakat ichida bo‘lishini va ishlashini ma’qul ko‘rishadi.

Oltin-valyuta zaxiralaridan foydalanish va boshqarish uch xil tarzda amalga oshirilishi mumkin.

Zaxiralarning egasi G‘azna yoki Moliya vazirligi hisoblanadi. Oltin-valyuta zaxiralaridan qanday foydalanishni ular hal qiladi. Markaziy bank ularning topshirig‘ini bajaradi xolos. Bunday mexanizm Buyuk Britaniyada yo‘lga qo‘yilgan.

Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralarining yagona egasi bo‘ladi. Zaxiralarni shakllantirish va undan qanday foydalanishni Markaziy bank belgilaydi. Germaniya va Fransiyada mana shu model amal qiladi.

Oltin-valyuta zaxiralariga egalik qilish va boshqarish vakolatlari Markaziy bank va G‘azna/Moliya vazirligi o‘rtasida taqsimlanadi. Bunday tizim Rossiya, Yaponiya, AQShda joriy etilgan.

Qaysi davlatlar eng ko‘p oltin-valyuta zaxiralariga ega?

Dunyoda oltin-valyuta zaxiralari miqdori bo‘yicha Xitoy birinchi o‘rinda turadi. 2018 yil sentyabr oyi holatiga ko‘ra, bu davlatning oltin-valyuta zaxiralari miqdori 3087 mlrd dollarni tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinda Yaponiya (1259,6 mlrd dollar), uchinchi o‘rinda Shveysariya (800,4 mlrd dollar) turadi. Keyingi o‘rinlarda Yevropa ittifoqi (786,3 mlrd dollar), Saudiya Arabistoni (504,5 mlrd dollar), Tayvan (460,4 mlrd dollar), Rossiya (459,2) mlrd dollar, Hongkong (426,4 mlrd dollar), Janubiy Koreya (403 mlrd dollar), Hindiston (399,6 mlrd dollar), Braziliya (380,6 mlrd dollar) va Singapur (291,3 mlrd dollar) joylashgan.

Bu davlatlar butun dunyodagi oltin-valyuta zaxiralarining qariyb 75 foizini saqlaydi.

Oltin-valyuta zaxiralari davlatga nima beradi?

Davlatning oltin-valyuta zaxiralari miqdori uning iqtisodiyoti va moliyaviy tizimi holatidan darak beradi, davlatlararo majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishini kafolatlaydi.

Davlat zaxiralari bilan ta’minlash qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi. Ular jumlasiga mamlakat valyutasini qo‘llab-quvvatlash, davlat siyosatiga ishonchni saqlab turish, pul-kredit vositalarini boshqarish, inqirozli vaziyatlarda karaxtlikka tushib qolmaslik, mamlakatning ishonchlilik reytingini ushlab turish kabilar kiradi.

Milliy valyutasi devalvasiyaga uchrashi xavfi yuqori bo‘lgan mamlakatlar oltin-valyuta zaxiralarini barqaror darajada ushlab turishi lozim. Davlatning oltin va valyuta zaxiralari keskin kamayishi iqtisodiy pasayishni keltirib chiqarishi mumkin.

Manba:


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Guliston shahridagi ovqatlanish shoxobchasida portlash ro‘y berdi (video)

Бу ҳақда вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси матбуот хизмати хабар бермоқда.

Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy: «O‘zbekiston terma jamoasi JChda hech narsaga da’vo qila olmaydi»

Россияда хизмат кўрсатган мураббийи Игорь Коливанов Ўзбекистон терма жамоасига Жаҳон чемпионати–2026да ишонмаслигини айтиб ўтди.

Kelayotgan hafta O‘zbekistonda sovuq havo kutilmoqda

"Ўзгидромет" ҳаво ҳарорати тушиши ва кучли шамоллар ҳақида огоҳлантирди.

Jahon chempionati-2026 mezboni O‘zbekistonga 50 ming dollar taklif qildi

Ўзбекистон терма жамоаси Жаҳон чемпионатига тайёргарлик жараёнида бир қатор жамоалар билан ўртоқлик учрашувлари ўтказишни режалаштирмоқда.

Sirdaryodagi portlashda qancha odam halok bo‘ldi?

Аввал хабар қилинганидек, шу йил 2 декабрь куни соат 10:49 да Гулистон шаҳрининг "Тараққиёт" МФЙ ҳудудида жойлашган овқатланиш шохобчасида содир бўлган ёнғин ҳақида тез тиббий ёрдам "Сall-маркази"га соат 11:13 да хабар келиб тушган.

Rossiya Sibir daryolari suvini Markaziy Osiyo bilan bo‘lishmaydi — olimlar fikri

Иқтисодий сабаблар: профессор Михаил Болговга кўра, лойиҳа жуда қиммат ва инвесторлар йўқ. Экологик ва иқтисодий оқибатлар ҳам аниқ эмас.

Yurgen Klopp "Real"ga qanday talablar qo‘ygani ma’lum bo‘ldi

Хаби Алонсо Ла Лигада кетма-кет учта дурангдан кейин босим остида қолмоқда. Миш-мишлар олами дарҳол фаоллашди - "Реал" билан гоҳ Зинедин Зидан, гоҳ Юрген Клоппни боғлашмоқда.

Pensionerlar yer va mol-mulk solig‘idan ozod etildimi?

Солиқ кодексининг 421-моддасига кўра, пенсионерлар мол-мулк солиғидан имтиёзга эга.

Opta superkompyuteri Jahon chempionati favoritini taxmin qildi

Opta суперкомпьютери Испания терма жамоасини 2026 йилги жаҳон чемпионатининг асосий фаворити деб атади.

Moskva sudi faqat O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ishga olinishi ko‘rsatilgan e’lonlarni taqiqladi

Шу билан бирга, суд прокуратуранинг фақат "славян миллатига мансуб шахсларни" ёллашга қарши даъвосини қўллаб-қувватлади.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Muhammad Saloh jazolanadigan bo‘ldi

Яқинда "Ливерпуль" ҳужумчиси Муҳаммад Салоҳ клуб ва бош мураббий Арне Слотдан норозилигини очиқчасига билдирган эди.

Zelenskiy Trampni xafa qildi (video)

Бу ҳақда Америка етакчиси Жон Кеннеди номидаги саҳна санъати марказида журналистларга маълум қилди.

Bomba o‘rnatilgan avtomobilning portlashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда бош прокуратура маълум қилди.

Mask Yevropa Ittifoqi haqida keskin fikr bildirdi

Америкалик миллиардер Илон Маск Европа Иттифоқини (ЕИ) тарқатиб юбормасликка чақирди. Бу ҳақда у ўзининг ижтимоий тармоқдаги саҳифасида маълум қилган.

Bugundan O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi

8-9 декабрда Ўзбекистоннингбўйича баъзи жойларида ёмғир ёғади

Fransiya Yevrosiyodan Rossiya aktivlarini yashirib, €18 mlrd "reparasion kredit" uchun saqlamoqda

Манбаларнинг айтишича, Франция расмийлари репарацион кредит ғоясини қўллаб-қувватласа ҳам, тижорат банкларидаги активлардан фойдаланишга қарши чиқмоқда, чунки кредиторлар Euroclear билан бошқа шартномавий мажбуриятларга эга.

Ukrainaga “reparasiya” krediti berilgan taqdirda Germaniya uning eng yirik kafili bo‘ladi

Бельгия Россиянинг музлатилган маблағларидан фойдаланишга қарши, Москва эса буни “ўғирлик” деб атамоқда.

Beninda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi

Бенин президенти Патрис Талон мамлакатдаги давлат тўнтаришига уриниш барбод бўлганини расман эълон қилди.

Ekvador qamoqxonasidagi to‘qnashuvda 9 kishi halok bo‘ldi

Эквадорнинг Эль-Оро вилояти, Мачала шаҳридаги қамоқхонада маҳбуслар орасидаги тўқнашувда дастлабки маълумотларга кўра, 9 киши ҳалок бўлди.

Umerov Zelenskiyga AQSh rasmiylari bilan Floridadagi muzokaralar bo‘yicha “batafsil hisobot” berishini aytdi

"Бир неча кун давомида Қўшма Штатларда Украина Бош штаби раҳбари Андрей Гнатов билан биргаликда президент Доналд Трампнинг вакиллари Стив Уиткофф ва Жаред Кушнер билан музокаралар ўтказдик. Конструктив ҳамкорлик учун улардан миннатдорман", — деди Украина Миллий хавфсизлик ва мудофаа кенгаши котиби Рустем Умеров музокаралардан сўнг.

HAMAS qator shartlar bajarilsa, qurol tashlashga tayyorligini bildirdi

Фаластиннинг ҲАМАС ҳаракати, жумладан, Исроил аскарларини Ғазо сектори ҳудудидан тўлиқ чиқариш шарти билан қурол ташлашга рози эканини маълум қилди, деб хабар берди ҳаракат етакчиси эксклавда.

AQSh Ukrainaga yordam uchun 800 million dollar ajratadi

Маълумотларга кўра, АҚШ Конгрессида ушбу ҳужжат бўйича овоз бериш жараёнлари шу ҳафта бошланиши кутилмоқда.

Netanyaxu: Isroil armiyasi Suriyaning janubidagi okkupasiya qilingan hududlarni tark etmaydi

Исроил Бош вазири Биньямин Нетаньяхуга кўра, Башар Асад режими ағдарилганидан кейин Исроил армияси томонидан назоратга олинган Сурия жанубидаги ҳудудлардан чиқиш режалаштирилмаган.

Luvrdagi suv sizishi natijasida yuzlab kitoblarga zarar yetkazdi

Париждаги Лувр музейининг Миср бўлимида содир бўлган сув сизиши натижасида юзлаб китоб ва архив материаллари зарарлангани маълум қилинди.

Ommaviy immigrasiya “Amerika orzusi”ni o‘g‘irlamoqda — AQSh vise-prezidenti

АҚШ вице-президенти Жей Ди Вэнс оммавий миграция мамлакат иқтисодий адолати ва ўрта табақа имкониятларига “сериоз таҳдид” солаётганини таъкидлади.

Akto‘beda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 5 kishi halok bo‘ldi, ularning 2 nafari o‘zbekistonlik

Вафот этганлар ва жабрланганларни Ўзбекистонга олиб келиш бўйича зарур чора-тадбирлар кўрилмоқда.

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

Бугун, 7 декабр куни соат 08:57 да Қозоғистоннинг Актобе вилояти Айтекеби туманидан ўтган "Пермь-Тошкент" йўналишида ҳаракатланган “Yutong” йўловчи автобуси ён томонга ариққа ағдарилиб, йўл-транспорт ҳодисаси содир бўлган.

Qariyb 1 mlrd so‘mlik horijiy valyutaning chet elga chiqib ketishi to‘xtatib qolindi

Ҳозирда ушбу шахсга нисбатан ЖКнинг 25,182-моддаси 2-қисми “а” банди билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

JSST: Dunyoda bezgakdan o‘lim holatlari ortmoqda

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилотининг янги ҳисоботига кўра, ўтган йили дунё бўйича безгакка чалинганлар сони 282 миллион нафарни ташкил этган. Бу – 2023 йилга нисбатан 9 миллион нафар юқори кўрсаткич.

Indoneziyada suv toshqini va ko‘chkilar tufayli halok bo‘lganlar soni 753 nafarga yetdi

Индонезияда кечги кунларда кузатилган кучли ёмғирлар оқибатида юз берган сув тошқини ва кўчкилар қурбонлари сони 753 нафарга етгани маълум қилинди.

BBC: Pokiston va Afg‘oniston chegarasida yana qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor

"Тун давомида Спин-Болдакдан қочқинлар оқими келган. Қўшни аҳоли пунктларининг аҳолиси ҳам ҳудудни тарк этмоқда", — дейди нашр манбаларидан бири.

Xalqaro yordam qisqarishi sabab 2025 yilda besh yoshgacha bo‘lgan 4,8 million bola vafot etdi

2025 йил давомида беш ёшгача бўлган 4,8 миллион боланинг вафот этгани қайд этилди. Бу кўрсаткич 2024-йилга нисбатан 200 минг нафарга кўп.

HAMAS G‘azo sektoridagi boshqaruvni topshiradi – Al Arabiya

Al Arabiya телеканалига жума куни берган интервьюсида ҲАМАСнинг юқори мартабали расмийси ҳаракат Ғазо секторидаги бошқарувни эндиликда давом эттириш нияти йўқлигини маълум қилди. Унинг айтишича, ҲАМАС аллақачон Ғазони келгуси босқичда бошқариш учун технократлардан иборат махсус қўмитани тузишга розилик билдирган.

Afg‘onistonda 13 yoshli bola oilasining qotilini 80 ming kishi oldida qatl qildi

Бу “Толибон” муваққат ҳукумати томонидан рухсат берилган қатл бўлиб, уни тахминан 80 минг киши томоша қилган. Болага қотилни кечириш ёки стадионни тўлдирган оломон кўз ўнгида ўлим жазосини ижро этиш ўртасида танлов берилган.

NATO Shimoliy Yevropa mudofasini boshqarish shtabini Niderlandiyadan AQShga ko‘chirmoqda

5 декабрдан бошлаб Дания, Швеция ва Финландия мудофасини режалаштириш учун Нидерландиянинг Брюнсюм шаҳридаги оператив штаб ўрнига Қўшма Штатларнинг Норфолк шаҳридаги қўмондонлик жавобгар бўлади, дея хабар бермоқда нашр NATO'нинг расмий баёнотига таяниб.