“Oltin to‘p”ning yangilangan reytingi e’lon qilindi

“Oltin to‘p”ning yangilangan reytingi e’lon qilindi

"Goal" nashri mukofot uchun yangilangan reytingini e’lon qildi.

Nashrga ko‘ra, Ispaniyaning “Real Madrid” klubi hujumchisi Karim Benzema “Oltin to‘p”ga da’vogarlar reytingida yetakchilikni saqlab turibdi. “Liverpul” vingeri Sadio Mane esa “Bavariya” forvardi Robert Levandovskini ortda qoldirib, kuchli uchlikka kirib oldi. 2-o‘rinni mersisaydliklarning yana bir hujumchisi Muhammad Saloh egallab turibdi.

Top-10 lik quyidagicha:

1. Karim Benzema – “Real Madrid”;

2. Muhammad Saloh – “Liverpul”;

3. Sadio Mane – “Liverpul”;

4. Robert Levandovski – “Bavariya”;

5. Kilian Mbappe – PSJ;

6. Vinisius Junior – “Real Madrid”;

7. Luka Modrich – “Real Madrid”;

8. Kevin de Bryuyne – “Manchester Siti”;

9. Filip Foden – “Manchester Siti”;

10. Trent Aleksander-Arnold – “Liverpul”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!