Olmani po‘sti bilan iste’mol qilish yurakni quvvatlantiradi

Olmani po‘sti bilan iste’mol qilish yurakni quvvatlantiradi

Manbalarda aytilishicha, olmaning asl vatani Markaziy Osiyo bo‘lib, dunyoda yetti mingga yaqin turi mavjud. Rivoyatlarga ko‘ra, bu «janobi oliylari» Yer yuzida inson nasli paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan ekan!

Ko‘pchilik olimlarning ta’kidlashicha, olma po‘stlog‘ida qonni ortiqcha xolesterindan tozalovchi, saraton hujayralari o‘sishini to‘xtatuvchi moddalar mavjud, shu bois bu mevani po‘stini archimasdan yeyish tavsiya etiladi.

Yosh bolalarga esa chaynash refleksi to‘liq shakllanmaguncha, olmaning po‘stini archib, qirg‘ichdan o‘tkazilgan bo‘tqa holida bergan ma’qul.

🗯 Yurak to‘xtovsiz ishlaydi. Tanamizning ushbu eng muhim a’zosi haqida bir qayg‘urish muhim va kechiktirib bo‘lmas zarurat. Yoshlar orasidagi infarkt va insult holatlari soni yil o‘tgan sayin ortib borayotgani ham bunga yaqqol dalildir.

🗯 Olma qondagi zararli xolesterin darajasini 30 foiz pasaytirishga qodir.

🗯 Shu yo‘sinda arteriyalarda tiqilish xavfi ham kamayadi.

🗯 Kuniga atigi bitta donadan olma yeyish yurak salomatligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

🗯 Olmani tashqi po‘chog‘i bilan iste’mol qilish ahamiyatlidir, axir barcha foydali moddalar aynan unda joylashgan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!