Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida prezident farmoni e’lon qilindi

A A A
Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida prezident farmoni e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirish va davlat granti ajratish mexanizmlarini takomillashtirish, yoshlarning sifatli ta’lim olishlari uchun mavjud shart-sharoitlarni yaxshilash, kadrlar tayyorlashni iqtisodiyotning rivojlanayotgan tarmoq va sohalariga manzilli yo‘naltirish maqsadida:

1. Oliy ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirish va joylashtirish bo‘yicha shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:

a) 2024/2025 o‘quv yili qabulidan boshlab:

davlat buyurtmasi parametrlarini davlat oliy ta’lim muassasalari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi, bundan oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari mustasno;

davlat buyurtmasi bo‘yicha kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi;

davlat oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi. Bunda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bir talaba uchun ajratiladigan mablag‘ moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdoridan oshmagan hajmda moliyalashtiriladi;

davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning tanlovi va to‘plagan ballariga ko‘ra amalga oshiriladi;

oliy ta’lim tashkilotlari moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibi va o‘quv-metodik ta’minotiga muvofiq, keyingi o‘quv yili uchun o‘z qabul parametrlarini shakllantiradi hamda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligiga taqdim etadi;

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi oliy ta’lim tashkilotlari qabul parametrlari asosliligini o‘rganadi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda – Davlat komissiyasi) kiritadi;

Davlat komissiyasi oliy ta’lim tashkilotlari, ta’lim shakllari va tillar kesimida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy qabul parametrlarini, imtiyozga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul parametrlarini, maqsadli qabul kvotalarini hamda magistratura mutaxassisliklari qabul parametrlarini davlat granti va to‘lov-kontraktga ajratgan holda oliy ta’lim tashkilotlari va tillar kesimida tasdiqlab, Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etadi;

b) 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab har bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushi ta’lim sohalari (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari) kesimida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;

v) 2025 yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan shakllantiriladigan oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq ravishda 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi.

2. Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga davlat grantini ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant va ta’lim granti shaklida ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Belgilansinki:

a) ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant qonunchilikda belgilangan imtiyoz bo‘yicha davlat granti asosida va maqsadli qabul doirasida talabalikka qabul qilingan talabalarga, shuningdek, tarmoq va sohalarning, davlat organlari va tashkilotlarining grantlari sohiblari uchun ajratiladi;

b) ta’lim granti davlat buyurtmasi parametrlari doirasida oliy ta’lim tashkilotiga qabul qilingan talabalar uchun ajratiladi;

v) 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi. Bunda:

ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;

ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;

ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi;

ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

3. Belgilab qo‘yilsinki:

a) davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish bali tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishining oldingi o‘quv yilidagi o‘rtacha o‘tish ballarini hisobga olgan holda Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi;

b) hududlar, sohalar va tarmoqlarning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash uchun davlat buyurtmasi parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari ajratiladi. Bunda:

davlat organlari va tashkilotlari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari maqsadli qabul buyurtmachilari hisoblanadi hamda kadrlarga bo‘lgan o‘z ehtiyojlarini Davlat komissiyasiga taqdim etadi;

hududlar kesimida maqsadli qabul tegishli hududda doimiy yashaydigan (doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan) hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarini tamomlagan abituriyentlar orasida tanlov asosida amalga oshiriladi;

maqsadli qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilgan fuqaro bilan manfaatdor tuman (shahar) hokimiyati, sohaviy davlat organi (tashkiloti) va oliy ta’lim tashkiloti o‘rtasida to‘rt tomonlama shartnoma tuziladi. Bunda talabani ish bilan ta’minlash va uning o‘qishni yakunlagandan so‘ng muayyan hududda (tashkilotda) ishlab berishini monitoring qilish kadr buyurtmachisi zimmasiga yuklanadi;

v) 2024/2025 o‘quv yili qabulidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarining boshqa ta’lim shakllariga umumiy qabul parametri kunduzgi ta’lim shakli uchun belgilangan qabul kvotasidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

4. Belgilansinki, magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi:

xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida S1 darajasida;

gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikasiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida V2 darajasida;

boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida V1 darajasida.

5. 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda:

a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5 iyundan 25 iyunga qadar (25 iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi;

ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi;

v) 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi;

g) barcha davlat kollej va texnikumlariga “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq qabul qilishda abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini oliy ta’lim muassasalariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

6. Belgilab qo‘yilsinki:

imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozga ega abituriyentlar Davlat komissiyasining qaroriga asosan ta’lim shaklidan qat’i nazar, ro‘yxatdan o‘tishda imtiyoz amal qiladigan doirada tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi;

alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozga ega abituriyentlar (nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, SOS – bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvchilari bo‘lgan yetim bolalar, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (yigirma besh yoshga to‘lmagan) bundan mustasno) ular uchun ajratilgan alohida qabul parametrlari doirasida, tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi;

alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda qatnashib, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadi;

xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga sport turlarining soha bo‘yicha mos kelishiga qat’iy rioya qilingan holda imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi;

imtiyoz bilan davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentga ushbu imtiyozdan takroran foydalanishga ruxsat etilmaydi;

ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi, shuningdek, oliy ta’limning tegishli bosqichiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabaga ikkinchi marta ta’limning ushbu bosqichi uchun davlat granti ajratilmaydi;

oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari hamda harbiy-akademik liseylarga o‘qishga kirishda imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning yagona bazasi har yili 1 iyunga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus axborot tizimiga kiritish orqali shakllantirib boriladi.

7. Ijtimoiy himoya milliy agentligi har yili 1 iyunga qadar nogironligi bo‘lgan shaxslar, jumladan ko‘zi ojizlarning ma’lumotlar bazasini nogironlik guruhini aniq ko‘rsatgan holda shakllantirsin hamda uni Bilim va malakalarni baholash agentligining axborot tizimi bilan integrasiya qilinishini ta’minlasin.

8. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi Savdo-sanoat palatasi va ish beruvchilar uyushmalari bilan birgalikda:

2024 yil yakuniga qadar mehnat bozorida kutilayotgan o‘zgarishlarni ilmiy tadqiq qilgan holda, o‘z ahamiyatini yo‘qotib boradigan hamda yangi paydo bo‘ladigan kasblar (lavozimlar) ro‘yxati, ularga qo‘yiladigan malaka talablari va kompetensiyalarni shakllantirsin;

2025 yil 1 mayga qadar jamlangan ma’lumotlar asosida “O‘zbekiston yangi kasblar atlasi” elektron platformasi yaratilishini hamda har yili yangilab borilishini ta’minlasin.

Ushbu bandni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilsin.

9. Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi bilan birgalikda uch oy muddatda:

ta’lim grantini oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga tabaqalashtirilgan tartibda bir o‘quv yili uchun ajratish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini;

hududlar, sohalar va tarmoqlarning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash uchun maqsadli qabul kvotalarini shakllantirish, qabul jarayonlarini tashkil etish va kadrlar buyurtmachilarining aniq vazifalarini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini;

qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

10. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.

Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Rossiya sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda: nishonda O‘zbekiston ham bor!

Кремль мазкур давлатларда рус тилининг мақомини пасайтирувчи қонунлар қабул қилинаётганидан норозилик билдирган

Kecha Toshkentda rekord darajadagi issiq havo qayd etildi

2025 йил 4 июль куни Тошкент шаҳрида ҳарорат +43,5°C га етди.

Milliy terma jamoamiz darvozaboni O‘tkir Yusupovning Eron klubidagi kelajagi nima bo‘ladi?

Бу ҳақда Uzbekistan Legionaries хабар берди.

"Manchester Siti"ni tark etadigan navbatdagi futbolchi nomi aniq bo‘lib bormoqda

Бу ҳақда инсайдер Фабрицио Романо хабар бермоқда.

Qozog‘istonda 1 millionga yaqin sayg‘oqni otishga qaror qilishdi

Қозоғистон ҳукумати Қизил китобга киритилган, аммо эндиликда кўпайиб кетган «сайғоқлар сонини мувофиқлаштириш»га қарор қилди.

Qator davlatlar milliy o‘zlikka qaytish maqsadida nomini o‘zgartirdi

Асрлар давомида давлатлар номлари тарихий воқеалар, маданий хусусиятлар ва миллий идентичлик таъсирида шаклланган. Бироқ турли даврларда кўплаб мамлакатлар расмий номини ўзгартириш тўғрисида қарор қабул қилган — бу халқаро ҳужжатлар, музокаралар ва идентификацияда муайян қийинчиликларни келтириб чиқаришига қарамасдан.

Mirzabek Xolmedov yangi lavozimga tayinlandi

Бу ҳақда Маданият вазирлиги хабар берди.

JCH-2026 «tarixdagi eng iflos musobaqa» bo‘lishi mumkin

Экологларга кўра, бу чемпионат атмосферага 9 млн тонна СО2 чиқариши мумкин.

Dunyoda eng ko‘p millionerlar yashaydigan davlatlar e’lon qilindi

Global Wealth Databook ва Bloomberg томонидан дунёда аҳолисининг катта қисми миллионерлардан иборат бўлган давлатлар рўйхати эълон қилинди. Ўзбекистон бу рўйхатга киритилмади.

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

Nikolay Valuyev 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Бу ҳақда ҳукмлар материалларига таяниб, "ТАСС" нашри хабар бермоқда.

Jaloliddin Ahmadaliyev jarimaga tortildi

Хонанда шоирнинг шеъридан рухсатсиз фойдаланган яна бир хонанда Жалолиддин Аҳмадалиев жаримага тортилди.

Kiyevda Ukraina Xavfsizlik xizmati polkovnigi o‘ldirildi

2025 йил 10 июл тонгида Киевнинг Голосеев туманида Украина Хавфсизлик хизмати (СБУ) полковниги ўлдирилди, деб хабар бермоқда “РБК-Украина”.

Ashurmatov: "Husanov "Manchester Siti"ga o‘tganidan keyin o‘zgarmadi"

Рустам Ашурматов қишда “Манчестер Сити” футболчисига айланган Абдуқодир Хусанов ҳақида фикр билдирди.

Erkakning jasadi topilganidan keyin metroning ikki liniyasi yopildi

Бу ҳақда пойтахтнинг STIB/MIVB транспорт оператори хабар берди.

Samarqandda 16 yoshli qiz operasiya payti vafot etdi

Ҳозирда ҳолат юзасидан суд-тиббий экспертизаси тайинланган.

Isroil bir kechada G‘azoda 97 nafar falastinlikni o‘ldirdi

Бу ҳақда Al Masirah телеканали маълум қилди.

Tramp Putinni Moskvaga bomba tashlash bilan tahdid qilganini aytdi

АҚШнинг президенти Дональд Трамп 2024 йилдаги ҳомийлар йиғилишида сўзлаб, Россия президенти Владимир Путинни Украинага ҳужум қилмаслик учун Москвага бомба ташлаш билан таҳдид қилганини маълум қилди.

BMT: G‘azoda 50 ming homilador va emizikli ayol bir necha kundan buyon ovqatsiz qolgan

БМТнинг Аҳолишунослик жамғармаси (ЮНФПА) маълум қилишича, Ғаза секторида тахминан 50 минг ҳомиладор ва эмизикли аёл бир неча кундан бери овқатга етиб бормай, жуда оғир шароитда яшамоқда.

Rossiya transport vazirining o‘z joniga qasd qilishi qurilishdagi korrupsiya bilan bog‘liq — OAV

Россия президенти Владимир Путин Роман Старовойтни транспорт вазири лавозимидан озод қилгач, у ўз жонига қасд қилгани ҳақида хабарлар тарқалди. Фожиага нима сабаб бўлган?

G‘azoda Isroil hujumlari oqibatida 15 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Исроил томонидан қўзғатилган гуманитар инқироз, Ғазога нисбатан кучайтирилган блокада ва инсонпарвар ёрдамларнинг киришини тўсиш билан янада оғирлашмоқда.

2023 yil 7 oktyabridan buyon G‘azo va G‘arbiy sohilda 17 mingdan ortiq falastinilik o‘quvchi halok bo‘ldi — Falastin ta’lim vazirligi

Фаластин Миллий маориф ва олий таълим вазирлигининг маълумотига кўра, 2023 йил 7 октябридан буён — Исроилнинг Ғазо секторига қарши ҳарбий амалиётлари бошланганидан бери — Ғазо ва ишғол этилган Ғарбий соҳилда 17 315 нафар ўқувчи ҳалок бўлган, яна 27 191 нафар ўқувчи яраланган.

NYT: Texasdagi suv toshqini qurbonlari soni 104 nafarga yetdi

Техасда кучли ёмғир ва Гвадалупе дарёсининг тошиб кетиши оқибатида юзага келган сув тошқини оқибатида камида 104 киши ҳалок бўлди. Бу ҳақда The New York Times нашри хабар берди.

Bugun lavozimidan ozod qilingan Rossiya transport vaziri Roman Starovoyt vafot etdi

Маълумотларга кўра, Роман Старовойт Москва яқинидаги Одинцово шаҳридаги шахсий уйида ўлик ҳолда топилган.

Isroilning G‘azoga havo hujumlari oqibatida 10 falastinlik halok bo‘ldi, ular orasida chaqaloq ham bor

Исроил армиясининг қамал остидаги Ғазо секторига қилган навбатдаги тонгги ҳаво ҳужумлари натижасида камида 10 фаластинлик ҳалок бўлди. Марҳумлар орасида бир чақалоқ ҳам бор. Яна кўплаб инсонлар жароҳат олди.

Qorasaroy ko‘chasida konteyner yonib ketdi

Айтилган манзилда ёнғин навбатчиликда турган ёнғин қутқарув экипажлари томонидан зудлик билан соат 11:32 да ўчирилди.

Rossiyaning Ukrainaga navbatdagi zarbalari kamida uch kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Украина расмийлари маълумотларига кўра, Одессада дрон зарбаси оқибатида янги қурилган бинодаги қўриқчи ҳалок бўлган

Isroil harbiylari Yamanga zarba berdi

Исроил мудофаа вазири Исраэл Кац ҳусийларга қарашли портлар ва электр станциясига ҳарбий-ҳаво кучлари томонидан ҳужум қилинганини тасдиқлади

Eronda Isroil razvedkasi bilan aloqador agent qo‘lga olindi

Бу ҳақда FARS агентлиги Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (IRGC) матбуот хизматининг маълумотига таяниб хабар берди.

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarning birinchi bosqichi samarasiz tugadi

Бу ҳақда Sky News Arabia телеканали "Report" хабарига таянган ҳолда маълум қилди.

Tailandda pushti temiratki kasalligi tarqalmoqda

Қайд этилишича, ушбу касаллик кўпинча болалар ва ёшларда кузатилади — бу танада «она» деб аталадиган катта доғнинг пайдо бўлиши билан бошланади

Masjid qurilishi bahonasida odamlardan pul olganlar ushlandi

Кўрилган чора-тадбирлар натижасида ушбу фуқароларнинг шахси аниқланган

Pokistonda ko‘p qavatli bino qulab tushdi, qurbonlar bor

Маҳаллий ОАВ хабарларига кўра, саккизга яқин фуқаро вайроналар остида қолган бўлиши мумкин.

Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in 2 soatda qurshab olindi

Ёнғин ҳудуди кенгайишига йўл қўймаслик учун «Бурчмулла» ўрмон хўжалигидан ҳам ёнғин ўчириш ишларига ходимлар жалб қилинган.

Suriyaning Latakiya hududida kuchli o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda — OAV

Олов тез тарқалаётгани сабабли 20 дан ортиқ шаҳар ва қишлоқлар аҳолиси эвакуация қилинди.

Суриянинг Латакия ҳудудида кучли ўрмон ёнғинлари авж олмоқда — ОАВ

Олов тез тарқалаётгани сабабли 20 дан ортиқ шаҳар ва қишлоқлар аҳолиси эвакуация қилинди.

Британияда COVIDнинг янги штамми Stratus тарқалмоқда

The Independent нашри ёзишича, Буюк Британияда COVID-19'нинг янги штамми — Stratus кенг тарқалмоқда.

Дрон ҳужумлари туфайли Пулково ва Шереметево аэропортларида 200 дан ортиқ рейс кечиктирилди

Пулково аэропортида эса 100 дан ортиқ рейс кечиктирилган ва 30 дан ортиқ рейс бекор қилинган. Бунинг оқибатида аэропортларда йўловчилар тўпланиб қолган.

Тошкент вилоятида 7 ёшли бола ўгай отаси ва онаси томонидан калтакланди

Ҳолат юзасидан боланинг онаси маъмурий жавобгарликка тортилган.

Агробанк Андижон филиалида йирик кредит талон-тарожлиги фош этилди — собиқ раҳбар 8,5 йилга қамалди

Қизиғи шундаки, ушбу филиал раҳбари 2024 йилнинг ўзида 3 марта, 2025 йилда эса 1 марта жиноий жавобгарликка тортилган.

Римдаги портлашда жароҳатланганлар сони 45 кишига етди (видео)

Бу ҳақда Rainews24 телеканали хабар берди.

Москвада Транснефт топ-менежери Андрей Бадалов ўлик ҳолда топилди

Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади

Жанубий Кореяда жазирама оқибатида 5 киши ҳалок бўлди

Ҳукумат статистика юрита бошлаган 15 июндан буён иссиқ уришдан азият чекканлар сони 633 нафарга етди.

Исроил аскарлари Эль-Халилда ҳалок бўлган фаластинлик билан видолашув маросимини тўхтатиб қўйди

Исроил армияси Ғарб соҳилидаги Эль-Халил шаҳрида жойлашган хонадонга рейд уюштириб, ҳалок бўлган фаластинлик билан видолашув маросимига халал берди. Марҳум аввалроқ Исроил қамоқхонасидан озод этилган ва кейинроқ Ғаза секторидаги Исроил бомбардимони оқибатида ҳалок бўлган эди.

Тошкент вилоятида хотинини калтаклаб ўлдирган эркакка суд ҳукми ўқилди

Тошкент вилоятининг Оққурғон туманида турмуш ўртоғининг ўлимига сабаб бўлган эркак суд ҳукми билан узоқ муддатга қамалди.

Шавкат Мирзиёев Исроил — Фаластин зиддияти ҳақида гапирди

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 4 июль куни Хонкенди шаҳрида Иқтисодий ҳамкорлик ташкилотининг 17-саммитида иштирок этди.

Сурхондарёда кекса аёл ўз уйида ўлдириб кетилди

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 97-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, уни фош этиш чоралари кўрилмоқда.

Чехияда ўқ-дорилар сақланадиган жой иссиқдан портлаб кетди

Ёнғинни ўчириш учун самолётлардан фойдаланган ҳолда 12 та ўт ўчириш бўлими сафарбар этилган.

Россия ҳарбий-денгиз флоти бош қўмондони ўринбосари Курскда ҳалок бўлди

Вазирликка алоқадор “Звезда” телеканалида берилган хабарда айтилишича, Гудков 2 июл куни Курск областининг чегара ҳудудларидан бирида жанговар вазифаларни бажариш чоғида ҳалок бўлган.

Икки ўзбекистонлик АҚШга ноқонуний муҳожирларни олиб киришда айбланяпти

Икки Ўзбекистон фуқароси молиявий даромад олиш мақсадида АҚШга ноқонуний муҳожирларни олиб киришда айбланмоқда.

БМТ махсус маърузачиcи: Исроил замонавий тарихдаги энг шафқатсиз геноцидлардан бирининг масъулидир

Бу ҳақда БМТнинг оккупация қилинган фаластин ҳудудларида инсон ҳуқуқлари ҳолати бўйича махсус маърузачиcи Франческа Альбанезе билдирди.

Элдор Шомуродовнинг янги жамоаси маълум. У Италиядан кетмоқда

"Рома" ҳужумчиси Элдор Шомуродов Италиянинг "Кремонезе" клубига ўтиши ҳақида хабар тарқалганди.

Москва марказида ичида ФСБ ходимлари бўлган машина портлаб кетди

Маълумотларга кўра, аёл фавқулодда хизмат ходимлари етиб келгунга қадар олов эгаллаб олган машина ичида отасини чиқариб олишга муваффақ бўлган.

"Қамчиқ" довонида юк машинаси ёнғин чиқди

Ҳозирда ёнғин сабаби ва моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Японияда бир ярим ҳафта ичида деярли 900 та зилзила содир бўлди

Ҳудуд қарийб икки ҳафтадан бери кучли силкинишлардан азият чекмоқда.