Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligida xodimlar rotasiyasi amalga oshirildi

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligida xodimlar rotasiyasi amalga oshirildi

O‘zaro tajriba almashish, tizimni rivojlantirishda kadrlarning bilim va boshqaruv salohiyatini oshirish maqsadida vazirlik markaziy apparati xodimlari o‘rtasida quyidagi rotasiyalar amalga oshirildi:

Professional ta’lim integrasiyasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Meliboyev Aziz Rozaqovich Vazir kotibiyati boshlig‘i lavozimiga;

Ta’lim muassasalari faoliyatini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Ne’matov Sherzod Qalandarovich Ilm-fan va innovasion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!