Olimlar "omikron"ni bloklovchi antitanani topdi
Bugun dunyoda "omikron"ning turli subvariantlari dominant versiyaga aylangan. Yangi paydo bo‘layotgan mutasiyalar ham hozircha shu shtammga tegishli. Uni yuqtirayotganlar asosan yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishidan aziyat chekmoqda.
Qatar davlatida joylashgan nufuzli Ueyl Kornell tibbiyot kolleji tadqiqotchilari SARS-CoV-2 ning barcha shtammlari, xususan, "omikron"ni bloklovchi S728-1157 nomli yangi antitanani topganini ma’lum qildi.
Jonivorlarda o‘tkazilgan dastlabki sinovlar shuni ko‘rsatdiki, ushbu antitanalar orqali amalga oshiriladigan muolaja burun bo‘shlig‘i va o‘pkada virusli zarrachalar miqdorini kamaytirish imkonini beradi.
Olimlar xulosasiga ko‘ra, S728-1157 antitanasi koronavirusning yangi mutasiyalari paydo bo‘lishi bilan samaradorligi pasayib borayotgan an’anaviy monoklonal davolash usulining muqobili bo‘lishi mumkin.
Yangilik navbatdagi bosqichda insonlarda klinik sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishi kerak. Shundan so‘ng u tibbiy amaliyotga tatbiq etilishi mumkin.
‼️ Shifokorlar kasallikni davolashdan ko‘ra uning oldini olgan afzal, degan yakdil fikrda. Bu borada hozircha COVID-19 ga qarshi vaksinalardan samaraliroq vositalar yaratilgani yo‘q.
