Olimlar koronavirus pandemiyasi haqida 2011 yilda bilishgan

Olimlar koronavirus pandemiyasi haqida 2011 yilda bilishgan

Britaniyalik teatr va kino aktyori Jyud Lou pandemiya ehtimolini 2011 yildan beri biladi. U bu haqda GQ jurnaliga bergan intervyusida gapirdi.

Lou, rejissyor Stiven Soderbergga "Virus" filmida maslahatchi bo‘lgan mutaxassislar pandemiya ehtimoli haqida ogohlantirganligini tushuntirdi. "Bunday narsa bo‘lishi aniq edi", dedi aktyor.

"Stiven bilan ishlagan olimlar tajribali va o‘qimishli odamlar edi", dedi Lou. Uning fikriga ko‘ra, ular nimani kutish kerakligini aniq bilishgan.

Louning aniqlik kiritishicha, ilmiy mutaxassislar hamma narsani aynan qanday bo‘lgan bo‘lsa, shunday tasvirlab berishgan. "Sahnada bunday narsalar haqida bilish dahshatli", dedi aktyor.

2011 yilda chiqarilgan Amerikaning "Virus" filmida butun dunyoni qamrab olgan noma’lum virus pandemiyasi haqida hikoya qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!