Olimlar dengizda kuchli zaharga qarshi antidot topishdi

Olimlar dengizda kuchli zaharga qarshi antidot topishdi

Bu Uzoq Sharq Federal universiteti (DVFU) olimlari tomonidan tadqiq etildi. Ular «Dengiz mog‘orli qo‘ziqorinidan hosil bo‘lgan birikma organizmni ko‘p antidotlarning «tishi o‘tmaydi»gan o‘ta zaharli parakvat gerbisididan ham himoya qila oladi, - deyishmoqda. - Shuningdek, ba’zi dorilar ta’sirini kuchaytirishi mumkin”.

Xo‘sh, parakvatning o‘zi nima? Parakvat - odamlar va hayvonlar uchun juda zaharli gerbisid birikmasidir. Yuzga yaqin davlat uni ekin yetishtirish va begona o‘tlarga qarshi kurashda foydalanadi. O‘nlab mamlakat, jumladan Rossiyada esa zaharli birikmani qo‘llash taqiqlanadi. Odamning parakvat bilan zaharlanishi Hindistonda keng tarqalgan. Dalada ishlaydigan dehqonlar moddaning xavfli dozasini olishi va o‘lishi xavfi mavjud.

Mog‘orli qo‘zig‘orin Uzoq Sharq Federal universiteti va G.Elyakov nomidagi Tinch okeani bioorganik kimyo instituti olimlari tomonidan Germaniya va Vyetnam mutaxassislari ishtirokida o‘rganildi. Qo‘ziqorin Akademik Oparin tadqiqot kemasida ekspedisiya paytida Janubiy Xitoy dengizida to‘plangan yumshoq marjondan ajralib chiqqan.

"Keyingi tadqiqotlar davomida biz ushbu tabiiy molekulalar hujayrani qanday himoya qilishini batafsil o‘rganmoqchimiz. Ehtimol ular antioksidant vazifasini o‘taydi va hujayralarni boshqa zaharli moddalardan ham himoya qilishi mumkin", dedi biologik laboratoriya rahbari Olesya Juravlyova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!