Olimlar chumolining yangi turini topishdi

Olimlar chumolining yangi turini topishdi

Avstraliyalik entomologlar yerosti chumolilarining yangi turini topdi va uni Garri Potter kitobidagi Voldemort sharafiga Leptanilla Voldemort deb nomlashdi.

Olimlar hasharotni Nyuman shahri yaqinida 25 metr chuqurlikdan topdi. Ular cho‘zilgan oyoq-qo‘llari, och sarg‘ish rang va ko‘zlarning yo‘qligi bilan ajralib turadi.

Chumolilar sirtga ko‘tarilmaydi va butun vaqtini to‘liq zulmatda o‘tkazadi. Bularning barchasi tadqiqotchilarga Garri Potter kitoblari seriyasidan qorong‘u sehrgar Voldemortni eslatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!