OITS kasalligi bilan ro‘yxatda turadigan shaxslarda koronavirus kasalligi qanday kechadi?

OITS kasalligi bilan ro‘yxatda turadigan shaxslarda koronavirus kasalligi qanday kechadi?

OITS kasalligi bilan ro‘yxatda turadigan shaxslarda koronavirus kasalligi qanday kechadi? 

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva javob berdi:

"OIV infeksiyasi mavjud bo‘lgan va kasallik rivojlanganlarda, shuningdek, past darajada CD4 genomi mavjud bo‘lgan va virus yuklamasi yuqori bo‘lganlarda, bundan tashqari antiretrovirus davo olmaydigan bemorlar kasalliklarning asoratlari va infeksiya yuqish yuqori xavf guruhiga kiradilar. 

Barcha OIV mavjud bo‘lgan yoki nazorat qilish qiyin bo‘lgan OIV bo‘lganda qo‘shimcha ehtiyot choralarini ko‘rish lozim.

Hozirgi kunda OIV mavjud bo‘lganlar va oddiy aholi orasida COVID-19 bilan zararlanish xavfi yoki uning asoratlari to‘g‘risida ishonchli farq ko‘rsatilagan ma’lumotlar yo‘q. 

OIV mavjud bo‘lgan ba’zi bemorlarda COVID-19 asoratlarining ma’lum xavf omillari ya’ni, qandli diabet, gipertoniya va boshqa infeksion kasalliklar kuzatilishi mumkin. Shunga ko‘ra, OITS bilan og‘riganlarda COVID-19`ni og‘ir kechishi xavfi yuqori bo‘lishi mumkin", dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!