Oilaviy masalalar. Ilon Mask o‘z farzandlarini jahon siyosatiga jalb qilmoqda

Donald Trampga yaqinligi bilan tanilgan milliarder Ilon Mask o‘z oilasini jahon siyosatiga tobora ko‘proq jalb qilmoqda. Yaqinda Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida uning to‘rt yoshli o‘g‘li X Æ A-Xii jurnalistlar e’tiborini tortdi, Mask esa prezident bilan hukumatni qisqartirishni muhokama qildi.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Vashingtonga tashrifi chog‘ida Mask uch nafar farzandini o‘zi bilan olib keldi. Bunga javoban Modi bolalarga hind mualliflarining kitoblarini sovg‘a qildi va ijtimoiy tarmoqlarda Maskning oilasi bilan uchrashib, muhim masalalarni muhokama qilishdan mamnunligini qayd etdi.
Tadbirkorga uning hamrohi, Neuralink.startapining top-menejeri ShivonZilis ham hamrohlik qildi. Ularning uchta farzandi bor, garchi Mask turli ayollar, jumladan, kanadalik qo‘shiqchi Grimes va yozuvchi Jastin Maskdan jami 12 nafar farzand ko‘rgan.
Mask bilan uchrashgandan so‘ng, Modi Donald Tramp bilan muzokaralar olib borish uchun ketdi. Rasmiy bayonotga ko‘ra, innovasiyalar, koinot, sun’iy intellekt va barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilingan.