Ogoh bo‘ling! Toshkentda inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradigan muzqaymoq sotilmoqda

Ogoh bo‘ling! Toshkentda inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradigan muzqaymoq sotilmoqda

«O‘zstandart» agentligi tomonidan respublikamizda sifatsiz mahsulotlarning sotilishini oldini olish maqsadida Agentlik huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahridagi savdo majmualarida sotilayotgan Turkiya davlati “OERO TRADING LTD” korxonasida ishlab chiqarilgan “RS NOGGER 44% - Pechenye bo‘lgan o‘simlik moyi asosidagi shokoladli muzqaymoq (28%), o‘simlik moyi asosidagi karamellik muzqaymoq (28%) mahsuloti «Sut va sut mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglament talablariga javob bermaydi.

Mahsulot tarkibida salomatlik uchun jiddiy xavfga ega bo‘lgan (har xil proporsiyada kokos, palma, paxta, kungaboqar) o‘simlik moylari borligi aniqlangan.

RS NOGGER 44% - Pechenye bo‘lgan o‘simlik moyi asosidagi shokoladli muzqaymoq, o‘simlik moyi asosidagi karamellik muzqaymoq (28%) mahsuloti amaldagi texnik reglament talablariga muvofiq emasligi sababli importini cheklash yuzasidan Bojxona qo‘mitasiga ma’lumot kiritildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!