Og‘iz qurishidan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Og‘iz qurishidan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati terapevt-shifokor Hilola ABDULLAYEVA bilan og‘iz qurishiga doir suhbatini davom ettiradi.

— Og‘iz qurishini tashxislashda qanday tekshiruvlar talab etiladi?

— Avvalo, shifokor bemorning shikoyatlari bilan tanishadi va uning so‘zlaridan bu muammoga olib kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklar bor-yo‘qligini aniqlaydi, — deydi shifokor.

— Shundan so‘ng, zarurat bo‘lsa, peshob va qon analizlari, so‘lak bezlarining ultratovush tekshiruvi o‘tkazilishi mumkin. Aytish lozimki, ushbu muammoning asl sabablarini aniqlash uchun bir vaqtning o‘zida psixolog, nevrolog, terapevt, revmatolog kabi shifokorlarning ishtiroki talab etiladi.

— Kasallik qanday davolanadi?

— Agar og‘iz qurishiga so‘lak bezlarining normal ishlamayotganligi sabab bo‘lsa, bu muammoni bartaraf etish uchun stomatolog bir necha dorilarni tavsiya qilishi mumkin.

Shuningdek, ovqatni yaxshi va uzoq chaynash tegishli so‘lak bezlarining yetarli miqdorda shira ajratishiga va og‘iz qurib qolmasligiga yordam beradi.

Bundan tashqari, burundan nafas olish, ko‘p suyuqlik ichish, og‘izni suv bilan muntazam chayib turish, zararli illatlardan voz kechish, gazlangan ichimliklar, choy, qahva, sho‘r va achchiq ovqatlarni cheklash, ko‘p asabiylashmaslik, dori vositalarini o‘zgartirish ham bu holatdan tezroq xalos bo‘lishga ko‘maklashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!