O‘zbekiston Milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan hamkorlikda o‘zi tug‘ilib o‘sgan Namangan viloyatidagi №29 va №9 bog‘chalarga tashrif buyurdi.
O‘FA 1 iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan futbolchini Xitoydagi kichik tanaffusidan foydalanib, bolalar uchun quvonchli bo‘lgan tadbirni tashkil etdi.
“Bola boshidan deb bekorga aytishmaydi. Bog‘chaga kelib yoshligimni esladim. Bolalarning quvonchini ko‘rib beixtiyor quvonasan kishi, sportga ularni yoshligidan qiziqtirishimiz kerak deb o‘ylayman. Bolajonlardan kelajakda albatta, yaxshi futbolchilar chiqadi va O‘zbekiston terma jamoasi safida to‘p tepish baxtiga sazovor bo‘ladilar”, deydi Odil Ahmedov.
Ahmedov yana 3 kun davomida O‘zbekistonda bo‘ladi va Kubok o‘yinini o‘tkazish uchun Xitoyga uchib ketadi. Undan avval Toshkentda ham bolalar kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadi.
Manba: qalampir.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Саудиялик машҳур спорт журналисти ва телебошловчи Валид Ал Фараж "Ал Наср" ҳужумчиси Криштиану Роналдунинг охирги вақтлардаги хатти-ҳаракатларига кескин муносабат билдирди.
Ижтимоий тармоқларда "Кийим-кечак дўкони рекламаси одоб-ахлоқ меъёрларига мос келмайдиган тарзда жойланиб, миллий ва оилавий қадриятларга зид образ ва ибораларда берилгани...” жамоатчилик томонидан кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.
Кубада жиддий ёқилғи танқислиги кузатилмоқда ва таъминот тўлиқ тўхтаса, орол инфратузилмаси учун ҳалокатли оқибатларга олиб келиши мумкин, деб ёзади The Guardian.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркия Республикасига расмий ташрифи доирасида мамлакатимиз Биринчи хоними Зироат Мирзиёева Туркия Биринчи хоними Эмине Эрдоған билан биргаликда “Анқара Палас” музейи билан танишди.