“Odekolon” vabo kasalligining oldini olish vositasi sifatida kashf qilingan

“Odekolon” vabo kasalligining oldini olish vositasi sifatida kashf qilingan

* Insoniyat tarixida eng qudratli va shafqatsizligi bilan nom qozongan qaroqchi Chjen xonim XVIII asrda yashab o‘tgan. Uning turmush o‘rtog‘i, qaroqchilar sardori bo‘lgan xotinini qattiq sevganidan unga o‘z flotiliyasining teng yarmini sovg‘a qilgan. Shafqatsiz Chjen xonim esa o‘ziga qarashli kemalar sonini 1800 taga yetkazgan. U qo‘li ostidagi qaroqchilar qo‘shini bilan ikkilanmay kichik–kichik shaharlarga ham hujum qilishga jazm etgan.

* Bir vaqtlar Xitoyda «Nushu» yozuvi kashf qilingan. Undan esa faqat ayollar foydalanishgan ekan. 

* Saudiya Arabistonida aholi o‘z taomnomasiga muskat yong‘og‘ini qo‘shishi taqiqlangan. Chunki uni ko‘p iste’mol qilish yo‘q narsalarning ko‘rinishi, eshitilishi, sezilishi (gallyusinasiya)ni keltirib chiqaradi.

* Buyuk Britaniyalik ayol Enn Djons «Garri Potter va o‘lim sovg‘alari» romanini 47 daqiqada o‘qib tugatib, tez o‘qish bo‘yicha rekord (1 daqiqada - 4253 so‘z) qo‘ydi. Enn tez o‘qish bo‘yicha olti marta jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.

* Ilk “Odekolon” vabo kasalligining oldini olish vositasi sifatida kashf etilgan.

* Jahondagi eng qimmat qog‘oz parchasi auksionda 45 ming dollarga sotilgan. Bu «Titanik» kemasining 3-toifadagi yo‘lovchilar uchun chop etilgan oziq-ovqat menyusi edi.

* Xitoy poytaxti Pekin shahrida ko‘chalardagi tirbandliklardan olib chiqish xizmati tashkil etilgan. 60 AQSh dollari evaziga mijoz motosiklda olib chiqiladi va uning mashinasi belgilangan joyga yetkazib beriladi.

* Jahondagi eng qimmat pishloq - «Pule»ning 1 kilogrami 1300 AQSh dollari turadi. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, ushbu pishloq eshak suti aralashgani sabab bahosi juda qimmat ekan.

* Banan pusti tananing ko‘kargan joyiga 10-30 daqiqa qo‘yib turilsa, noqulaylikdan qutilish mumkin.

* Otlarning xotirasi juda kuchli bo‘ladi. Chunki ular o‘zini xafa qilganlarni bir umr yodidan chiqarmas ekan.

 * Avstraliyaning ulkan yomg‘ir chuvalchanglari uzunligi 3 metrdan oshadi. 

* Italiyaning Rim shahriga tashrif buyurgan sayyohlar tomonidan Trevi favvorasi tubidan har yili 1,1 million AQSh dollariga teng mablag‘ yig‘ib olinadi.

* Taksi haydovchisi - London shahridagi eng nufuzli kasb egalaridan biri hisoblanadi. Chunki bu yerda taksi kompaniyalariga ishga kirishda olinadigan imtihondan hamma haydovchilar ham o‘tolmaydi. Chunki londonlik haydovchilar shahar xaritasini juda yaxshi bilishi, har bir ko‘cha, restoran, mehmonxona va boshqa dam olish markazlarining qayerda joylashganini aniq bilishlari shart. Shuning uchun ham Londonda taksi xizmati jahondagi eng qimmati hisoblanadi.

* Janubiy Koreyaning Sariq dengizga tutash Chindo uyezdiga qarashli Chindo va Modo orollari o‘rtasida bir yilda ikki marta dengiz suvlari orqaga chekinib, uzunligi 2,8 kilometr, eni 40 metrlik yo‘lak hosil qiladi. Bir soat davom etadigan ilohiy jarayon vaqtida mahalliy aholi hamda sayyohlar noyob dengiz mahsulotlaridan terib olishadi. Aytishlaricha, Oy, Quyosh va Yerning bir qatorda tizilishi dengizda kuchli to‘lqinlarni paydo qiladi. Bu esa g‘ayritabiiy oqimlarning bir-biridan qochish jarayonini yuzaga keltirib, ikki orol o‘rtasida dengiz suv tubi ochilib «qumko‘prik» paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Manba: zarnews. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!