Nursulton Nazarboyev koronavirusdan tuzaldi

Nursulton Nazarboyev koronavirusdan tuzaldi

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev koronavirusdan davolandi, deb xabar berdi tengrinews.kz.

Bu haqda Elboshining matbuot kotibi Aydos Ukibay o‘zining tvitterida ma’lum qildi.

"Menda yaxshi xabar bor. Bugun Elbasining koronavirusga topshirgan testi manfiy natijani ko‘rsatdi. Shifokorlarning tavsiyalariga ko‘ra, Nursulton Nazarboyev o‘z-o‘zini izolyasiya qilish rejimini saqlab turishni davom ettiradi, masofadan turib ishlaydi va toza havoda yurishga vaqt ajratadi", — deb yozdi Ukibay.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!