Nukusdan Moskva va Oqtovga amalga oshiriladigan parvozlar jadvali o‘zgardi

Nukusdan Moskva va Oqtovga amalga oshiriladigan parvozlar jadvali o‘zgardi

Uzbekistan Airways’ning Nukus xalqaro aeroporti orqali amalga oshiriluvchi xalqaro aviaqatnovlar jadvalida o‘zgarish sodir bo‘ldi.

Nukus - Moskva - Nukus

5 iyuldan 29 iyulgacha Nukus-Moskva-Nukus yo‘nalishidagi parvozlar Urganch - Moskva - Urganch yo‘nalishida Urganch xalqaro aeroporti orqali amalga oshiriladi. Parvoz vaqtlari o‘zgarmaydi.

Nukus - Oqtov - Nukus

7 iyuldan 28 iyulga qadar 727 va 728 Nukus-Oqtov-Nukus yo‘nalishlari bo‘yicha aviaqatnovlar yangi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.
HY-727 Nukus - Oqtov 10:20 - 11:50;
HY-728 Oqtov - Nukus 12:50 - 14:15;

Bundan tashqari, 2022 yil 29 iyul kuni rejalashtirilgan Jidda - Nukus - Jidda HY-5308 va HY-5369 yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar jadvalga muvofiq o‘zgarishsiz amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!