Nukusda kelini va qudasini o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi

Nukusda kelini va qudasini o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi

Qoraqalpog‘istonning Nukus tumanida farzandini qaytarib olishga borgan ayol va uning onasi qaynotasi tomonidan o‘ldirilgani haqida xabar berilgan edi. Oliy sudning ma’lum qilishicha, mazkur erkakka sud hukmi o‘qildi.

Nukus tumanida yashovchi S.K. ismli ayol 2022 yil 10 iyun kuni qaynotasi Y.S. bilan o‘zaro janjallashib, onasi SH.K.ning uyiga arazlab ketib qolgan. Shu yili 11 iyun kuni soat 14:00 larda ayol onasi SH.K. va yangasi J.A. bilan birga qaynotasi bilan qolgan voyaga yetmagan farzandini (2020 yilda tug‘ilgan) olib ketish uchun borgan.

O‘rtada kelib chiqqan janjal tufayli Y.S. qo‘lidagi temir jism bilan S.K. va uning onasi SH.K.ni urib, qasddan o‘ldirgan. Shundan keyin ular bilan birga kelgan fuqaro J.A.ning bosh va yuz qismlariga hamda tanasining boshqa joylariga bir necha marta urib o‘ldirmoqchi bo‘lgan vaqtda J.A. voqea joyidan qochib yashirinib, og‘ir tan jarohatlari bilan Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus tuman sudining hukmi bilan ikki nafar odamni qasddan o‘ldirgan shaxsga 22 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!