Nostrifikasiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 4-5 dekabr kunlari o‘tkaziladi

A A A
Nostrifikasiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 4-5 dekabr kunlari o‘tkaziladi

2023-yil 4-5-dekabr kunlari xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikasiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 4 ta hududida tashkil etiladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-12-01

Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!