Norvegiya ukrainalik uchuvchilarni AQShning F-16 qiruvchi samolyotlarida tayyorlashda ishtirok etadi

Norvegiya ukrainalik uchuvchilarni AQShning F-16 qiruvchi samolyotlarida tayyorlashda ishtirok etadi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Byorn Arild Gram xabar berdi.
"Hukumat bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi. Norvegiya ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz bilan birgalikda qanday yordam berishi mumkinligini ko‘rib chiqmoqda", — deya Gram so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.
Norvegiyada 64 ta F-16 samolyoti bor edi, ammo 2022 yil oxirida ular xizmatdan olib tashlandi va yangi avlod F-35s qiruvchi samolyotlari bilan almashtirildi. Biroq, Norvegiya hukumati Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish-bermaslik haqida hali qaror qilmaganini ma’lum qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)