Norvegiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini joriy qildi

Norvegiya YEIning Moskvaga qarshi ilgari taqdim etilgan 11-sanksiya paketiga qo‘shilgan holda Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi.
Bu haqda Norvegiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida ma’lum qilindi.
"Yangi sanksiyalar raundi asosan Yevropa Ittifoqining 11-sanksiya paketi choralariga mos keladi", - deya ta’kidladi Norvegiya Tashqi ishlar vazirligi.
Norvegiya paketi Rossiya hududi orqali “Rossiyaning harbiy va texnologik salohiyatini oshirishga yoki mudofaa va xavfsizlik sohasini rivojlantirishga yordam beradigan tovarlar va texnologiyalar” tranzitini taqiqlashni nazarda tutadi.
Cheklovlar aviasiya va kosmik sanoat mahsulotlari, hashamatli tovarlar, temir va po‘latning ayrim turlari, shuningdek, Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan tirkamalar va yarim tirkamalarni tashish taqiqlanadi.
Oslo, shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalar rejimini chetlab o‘tish uchun foydalaniladigan mamlakatlarga "ayrim tovarlar va texnologiyalar" eksportiga cheklovlar kiritishga tayyorligini ma’lum qildi.